ru  en

Фуқаролардан аризаларни
қабул қилиш

Жамғарма ҳақида

«Sog‘lom avlod uchun» xukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya jamg‘armasi mustaqil jamoat tashkiloti bo‘lib, 1993 yil 23 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Farmoniga binoan tashkil topgan. Uning maqsadi va vazifalari jismonan baquvvat, ma’nan yetuk, ruxan tetik farzandlar tarbiyalashni ta’minlash, onalik va bolalikni muhofaza qiluvchi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish, oilalarda sog‘lom avlodning tug‘ilishi va tarbiyalanishi uchun yuksak mas’uliyat psixologiyasini shakllantirishda ko‘maklashishdan iboratdir.

Jamg‘armaning vazifalari:

  • Respublika aholisini genofondini yaxshilash, onalik va bolalikni muhofaza qilish bilan shug‘ullanuvchi jamoat tashkilotlarning kuch-g‘ayratlarini muvofiqlashtirish;
  • Respublikaning barcha hududida va ayniqsa ekologik muvozanat buzilgan mintaqalarda onalik va bolalikni muhofaza qilishning barqaror asosini yaratishga qaratilgan kompleks ilmiy, texnik, ishlab chiqarish, tashviqot-profilaktik va boshqa xil dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga ko‘maklashish;
  • yosh avlod sog‘ligini saqlash va mustahkamlash asosida yo‘naltirilgan va o‘zbek xalqining intellektual, ya’ni ma’naviy va ma’rifiy saviyasini tubdan oshirish asosini ta’minlovchi tadbirlarni amalga oshirish;
  • tug‘ruqxonalar va bolalar muassasalarining moddiy-texnik negizini mustahkamlashga har tomonlama ko‘maklashish, bu sohadagi ilg‘or yutuqlarni tibbiy va umumta’lim muassasalari amaliy faoliyatiga joriy qilish, ularni zamonaviy uskunalar bilan jixozlashga ko‘maklashish va O‘zbekistonda tegishli korxonalar yaratish xisobiga ularni yangi samarali davolash vositalari bilan ta’minlash;
  • sog‘lom turmush tarzi to‘g‘risida, barkamol avlodni tarbiyalash va inson yashashi uchun qulay muhitni yaratish xaqidagi jamoatchilik fikrini shakllantirish;
  • aholini sog‘lomlashtirish, onalik va bolalikni muhofaza qilish muammolari bilan shug‘ullanuvchi mulkchilik shakli turlicha bo‘lgan tashkilotlar, firmalar moddiy asosi rivojlanishi va mustahkamlanishiga ko‘maklashish va bu borada ularga tashkiliy va xuquqiy yordam ko‘rsatish;
  • tug‘ruqqa yordamlashuvchi va bolalik muhofazasi bilan shug‘ullanuvchi tashkilot va muassasalarning moddiy asosini kengaytirish maqsadida chet el investitsiyalarni jalb qilishga imkoniyat tug‘dirish;
  • chiqarilishini yaxshilash va tashkil etishga ko‘maklashish; bolalar va onalar uchun sanoat asosida maxsus taomlar ishlab
  • onalik va bolalikni muhofaza qilish muammolarini o‘rganish, genofondini mustahkamlash sohasida xalqaro hamkorlikni, demografik va sotsiologik tadqiqotlarni rivojlantirish va chuqurlashtirishga ko‘maklashish, shu maqsadda BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar hamda xorijiy mamlakatlarning fan, iqtisodiyot, siyosat sohasidagi yetakchi arboblari bilan hamkorlik qilish.

Xozirgi vaqtda jamg‘arma quyidagi yo‘nalishlarda o‘z faoliyatini amalga oshirmoqda:

  • Aholini tibbiy madaniyatini oshirish;
  • Onalik va bolalikni muhofaza qilish;
  • Oila, onalik va bolalikni muhofaza qilishni metodik ta’minlash;
  • “Mehribonlik” uylari, maxsus bolalar muassasalari va kam ta’minlangan oilalarga muruvvat yordamini ko‘rsatish;
  • Yosh oilalarni patronajga olish;
  • Iste’dodli bolalarni qo‘llab-quvvatlash;
  • Ayollar va bolalar dam olishini o‘tkazish uchun shart-sharoitlar yaratish;
  • Xalqaro hamkorlik.
 
SO'NGGI XABARLARI

Қашқадарё ва Сурхондарё вилоятларига “Саломатлик” поезди 17-23-май кунлари ташкил этилди

“Соғ танда-соғлом ақл” шиори остида спортнинг волейбол тури бўийча мусобақалар ўткаазилди

“Хотира ва қадрлаш куни” муносабати билан ТИП бригадаси Андижон вилоятида

“Саҳоват” уйида истиқомат қилаётган кекса ва ногиронлар учун байрам дастурхони ёзилди

“Фахрийлар-фахримиз” мавзусида давра суҳбати бўлиб ўтди

«Фахрийлар фахримиз» ва «Аждодлар рухини шод этайлик» мавзуида учрашув ўтказилди

“Соғлом авлод мустаҳкам оила асоси” шиори остида соғломлаштирувчи югириш мусобақаси ўтказилди

Ўсмирлар ўртасида “ТАЭКВОН-ДО” бўйича мусобақа ўтказилди

“Инсон хотираси муқаддас”, “Буюк сиймолар хотираси” ва “Фахрийлар фахримиз” мавзусида тадбир ўтказилди

“Саҳоват”, “Мурувват” уйларида байрам концерти уюштирилди

 

Sog'lom avlod uchun
hukumatga qarashli bo'lmagan
xalqaro hayriya jamg'armasi

O'zbekiston Respublikasi
Toshkent shahri 100047
Istiqbol ko'chasi, 15.

Tel.: +998 (71) 232 0082, 232 0083
Faks: +998 (71) 233 8949





       
       
ЖАМҒАРМА ХАҚИДА
Вазифалар
Жамғарма тарихи
Тузилма
Ходимлар
Алоқа
ДАСТУРЛАР
Тиббий
Мурувват
Ўқув
Маданий-маърифий
Спортни ривожлантириш
ХАЛҚАРО ХАМКОРЛИК
АҚШ
Германия
Жанубий Корея
Туркия
Малайзия
Россия
ВА БОШҚАЛАР
Пресс-релиз
Ҳисоботлар
Саломатлик поезди
Фотосуратлар
Copyright © Sog'lom avlod uchun. All rights reserved Алоқа | RSS | Сайт ҳаритаси