ru  en

Фуқаролардан аризаларни
қабул қилиш

Жамғарма тарихи

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1993 yil 23 apreldagi Farmoniga binoan “Sog‘lom avlod uchun” hukumatga karashli bo‘lmagan xalqaro hayriya jamg‘armasi tashkil etildi.

Jamg‘armaning ko‘p qirrali faoliyati Koraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi 14 ta mintaqaviy filial va 100 dan ortiq tayanch maskani faoliyati hisobiga ta’minlanmokda. Bular Jamg‘arma ustavi va Nizomida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarni joylarda amalga oshiruvchi mintaqaviy bo‘g‘in hisoblanadi.

Jamg‘arma o‘z faoliyati doirasida hukumatga kiritgan takliflar asosida 1993-2003 yillar mobaynida Vazirlar Mahkamasining 9 ta Qarori va 1 Farmoyishi qabul qilindi, jumladan:

  1. Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 3 iyuldagi 268-Qarori bilan “Sog‘lom avlod uchun xalqaro hayriya jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” qoida tasdiqlandi.
  2. Shuningdek “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro hayriya jamg‘armasining takliflari to‘g‘risida” (1993 yil 28 oktyabrdagi 524-qaror)
  3. “Yosh avlodni sog‘lomlashtirish muammolarini kompleks hal qilish to‘g‘risida”, bu qaror bilan yosh avlodni sog‘lomlashtirish dasturi tasdiqlandi. (1993 yil 3 dekabrdagi 589-qaror)
  4. “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro hayriya jamg‘armasi korxonalari, birlashmalari, tashkilotlaridan imtiyozli soliq olish to‘g‘risida” (1994 yil 8 fevraldagi 61- qaror)
  5. “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro hayriya jamg‘armasini davlat qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida” (1994 yil 5 martdagi 119-qaror)
  6. “O‘zbekiston Respublikasida tibbiy-ijtimoiy patronaj tizimini tashkil etish to‘g‘risida” (1996 yil 22 fevral 71-sonli qaror)
  7. “Toshkent ixtisoslashgan xotin-qizlar kollejini tashkil etish to‘g‘risida”. (1997 yil 207-sonli qaror)
  8. Bolalikdan nogironlar tug‘ilishining oldini olish uchun yangi tug‘ilgan chaqaloqlar hamda xomilador ayollarda tug‘ma va boshqa patalogiyani barvaqt aniqlash bo‘yicha “Ona va bola skrininggi” davlat tizimini tashkil etish to‘g‘risida. (1998 yil 1 aprel 140- sonli qaror)
  9. Hukumatga qarashli bo‘lmagan “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro hayriya jamg‘armasining ish faoliyatini takomillashtirish haqida. (2000 yil 4 mart 74-sonli qaror)
  10. “Sog‘lom avlodni kamol toptirish bo‘yicha o‘quv-sog‘lomlashtirish dasturini amalga oshirish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Farmoyishi. (1998 yil 427-F-sonli).
 
SO'NGGI XABARLARI

Қашқадарё ва Сурхондарё вилоятларига “Саломатлик” поезди 17-23-май кунлари ташкил этилди

“Соғ танда-соғлом ақл” шиори остида спортнинг волейбол тури бўийча мусобақалар ўткаазилди

“Хотира ва қадрлаш куни” муносабати билан ТИП бригадаси Андижон вилоятида

“Саҳоват” уйида истиқомат қилаётган кекса ва ногиронлар учун байрам дастурхони ёзилди

“Фахрийлар-фахримиз” мавзусида давра суҳбати бўлиб ўтди

«Фахрийлар фахримиз» ва «Аждодлар рухини шод этайлик» мавзуида учрашув ўтказилди

“Соғлом авлод мустаҳкам оила асоси” шиори остида соғломлаштирувчи югириш мусобақаси ўтказилди

Ўсмирлар ўртасида “ТАЭКВОН-ДО” бўйича мусобақа ўтказилди

“Инсон хотираси муқаддас”, “Буюк сиймолар хотираси” ва “Фахрийлар фахримиз” мавзусида тадбир ўтказилди

“Саҳоват”, “Мурувват” уйларида байрам концерти уюштирилди

 

Sog'lom avlod uchun
hukumatga qarashli bo'lmagan
xalqaro hayriya jamg'armasi

O'zbekiston Respublikasi
Toshkent shahri 100047
Istiqbol ko'chasi, 15.

Tel.: +998 (71) 232 0082, 232 0083
Faks: +998 (71) 233 8949





       
       
ЖАМҒАРМА ХАҚИДА
Вазифалар
Жамғарма тарихи
Тузилма
Ходимлар
Алоқа
ДАСТУРЛАР
Тиббий
Мурувват
Ўқув
Маданий-маърифий
Спортни ривожлантириш
ХАЛҚАРО ХАМКОРЛИК
АҚШ
Германия
Жанубий Корея
Туркия
Малайзия
Россия
ВА БОШҚАЛАР
Пресс-релиз
Ҳисоботлар
Саломатлик поезди
Фотосуратлар
Copyright © Sog'lom avlod uchun. All rights reserved Алоқа | RSS | Сайт ҳаритаси