Warning: Invalid argument supplied for foreach() in /srv/www/vhosts/sau.uz/httpdocs/wp-content/plugins/rss-poster/RSSPoster.php on line 489
“Sho‘rtan”ning ishtiyoqi baland
O‘zA, Zohir Toshxo‘jayev, 03.02.2012 15:48
Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda futbolni rivojlantirish, professional futbol klublarini qo‘llab-quvvatlash, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasidagi keng ko‘lamli ishlar samarasida G‘uzorning “Sho‘rtan” klubi ham har jihatdan yuksalmoqda.
O‘tgan yili “Sho‘rtan” milliy chempionat va mamlakat kubogi musobaqalaridan tashqari “OFK kubogi” musobaqasida ham to‘p surdi. G‘uzorlik charm to‘p ustalari yangi mavsumda oliy ligada yuqori o‘rinlar uchun kurashib, xalqaro miqyosdagi musobaqalarga yo‘llanma olishni maqsad qilgan. Shu bois klubga Viktor Klishin, Mo‘ydin Mamazulunov, Mixail Naumov, Botir Qodirqulov, Obid Jo‘raboyev, Rahmatullo Berdimurodov va afrikalik legioner Taina Adana Soro kabi mohir futbolchilar jalb qilindi. Belaruslik tajribali murabbiy Igor Kriushenko bosh murabbiy etib tayinlandi.
“Sho‘rtan” joriy yilgi dastlabki xorijiy o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida o‘tkazdi. Yig‘in davomida jismoniy, texnik, taktik va ruhiy tayyorgarlik mashg‘ulotlaridan tashqari o‘yin amaliyotini oshirish uchun to‘rtta o‘rtoqlik uchrashuvi ham uyushtirildi.
O‘zbekistonlik futbolchilarning Rossiya chempioni “Zenit” va Xitoyning yetakchi klublaridan biri – “Dalyan Shide” bilan o‘rtoqlik uchrashuvlarida ko‘rsatgan o‘yini jamoa salohiyati yuqori ekanini namoyon etdi. Viktor Klishin va Humoyun Murtazoyevning aniq zarbalari evaziga “Zenit” 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratildi. “Dalyan Shide” bilan bahsda Aleksandr Merzlyakov va Viktor Klishin xitoyliklar darvozasini ishg‘ol etdi – 2:0.
So‘nggi yangiliklar:
To‘kinlik, farovonlik va baraka omili
Xolisona tahlil va tanqid ruhida
Ustuvor vazifalar muhokama etildi
















