ru  en

Фуқаролардан аризаларни
қабул қилиш

O'zA Xabarlari

Qo‘shimcha imtiyozlar: sifat va samaradorlik


Warning: Invalid argument supplied for foreach() in /srv/www/vhosts/sau.uz/httpdocs/wp-content/plugins/rss-poster/RSSPoster.php on line 489

Qo‘shimcha imtiyozlar: sifat va samaradorlik

O‘zA, Nazokat Usmonova, 03.02.2012 17:15

Prezidentimiz Islom Karimovning 2011 yil 30 dekabrda qabul qilingan “Ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish uchun qo‘shimcha soliq imtiyozlari va afzalliklar berish to‘g‘risida”gi qarori milliy media sohasini tizimli va jadal rivojlantirishda katta imkoniyatlar yaratmoqda.

O‘zbekiston Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan tashkil etilgan “Ommaviy axborot vositalariga berilayotgan qo‘shimcha soliq imtiyozlari va afzalliklar – axborot sohasiga bozor munosabatlarini joriy etishning muhim omili” mavzuidagi ilmiy-amaliy konferensiyada ushbu jihatlarga asosiy e’tibor qaratildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, Qonunchilik palatasining deputatlari, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, Davlat soliq, Bojxona qo‘mitalarining vakillari, oliy ta’lim dargohlari jurnalistika fakultetlarining professor-o‘qituvchilari, markaziy va hududiy bosma nashrlarning bosh muharrirlari ishtirok etdi.

Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori A.Abdullayev, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi SH.G‘ulomov, Matbuot va axborot agentligi bosh direktorining o‘rinbosari R.Safoyev va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda fuqarolarning axborot olish va so‘z erkinligini ta’minlash, ommaviy axborot vositalarini izchil va bosqichma-bosqich isloh etishning samarali tizimi yaratilganini ta’kidladi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, o‘nga yaqin qonun hujjatlarida har kimning axborotni erkin va moneliksiz olishi hamda foydalanish huquqlari, axborotning muhofaza qilinishi, shaxs, jamiyat va davlatning bu boradagi xavfsizligini ta’minlash kafolatlari mustahkamlangan.

Davlatimiz rahbarining yuqorida nomi keltirilgan qarori barcha media tuzilmalar, nashriyot, poligrafiya korxonalari, matbuot tarqatuvchi korxonalarni rivojlantirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatishda media soha ishtirokini tobora kuchaytirishda yana bir muhim qadam bo‘ldi.

Mazkur qarorga muvofiq, ommaviy axborot vositalariga qo‘shimcha soliq imtiyozlari va afzalliklarning berilishi mamlakatimizda fuqarolik, axborot jamiyatini shakllantirishni sifat jihatdan yangi pog‘onaga olib chiqadi. Jumladan, joriy yilning 1 yanvaridan ommaviy axborot vositalari tahririyatlari va nashriyotlar ijtimoiy-siyosiy hamda bolalar adabiyotini, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun adabiyotlarni sotishdan olinadigan foyda solig‘idan, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘ini to‘lashdan ozod etilib, ularga qator qo‘shimcha soliq imtiyozlari va afzalliklar berildi.

Mazkur qarorning hayotga tatbiq etilishi ommaviy axborot vositalarining iqtisodiy mustaqilligini ta’minlash, moliyaviy barqarorligini mustahkamlash, kadrlar salohiyati va malakasini oshirish, matbaa korxonalarini modernizatsiyalash, soha xodimlarining moddiy farovonligini oshirishga xizmat qiladi.

Konferensiyada ommaviy axborot vositalari faoliyatida qo‘shimcha soliq va imtiyozlar, afzalliklarning ahamiyati, jamiyatimizda kechayotgan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy jarayonlarning ochiqligi va oshkoraligini ta’minlashda ommaviy axborot vositalarining o‘rni va mas’uliyati kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.

So‘nggi yangiliklar:

To‘kinlik, farovonlik va baraka omili

Xolisona tahlil va tanqid ruhida

Ulkan jasorat namunasi

Ustuvor vazifalar muhokama etildi

Qo‘shimcha imtiyozlar: sifat va samaradorlik

http://uza.uz/uz/society/20571/

This entry was posted in O'zA Xabarlari. Bookmark the permalink.
 
SO'NGGI XABARLARI

O`zA xabarlari:

Bolalar oilada tarbiyalanmog‘i kerak

Ahil oilalar – yoshlarga ibrat

Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlashning o‘zbek modeli

Hunarmandlar oilasi

Sport inshootlari ko‘paymoqda

Dolzarb mavzuga bag‘ishlandi

Iste’dod tarbiyasiga e’tibor

Milliy estrada ravnaqi yo‘lida

Sudlar mustaqilligini yanada mustahkamlash yo‘lida

Qulay va tejamkor gaz hisoblagichlar

Oilani mustahkamlash va farzandlar kamoli

Ezgu maqsadlar mushtarakligi

Temir yo‘l tizimi takomillashmoqda

Hamkorlik mustahkamlanmoqda

Ulug‘norda – “Kamolot” bog‘i

Ovuldagi xayrli ishlar

Tanlov g‘oliblari aniqlandi

Xususiy tibbiyot yanada takomillashmoqda

Muruvvatdan dillar yorishgay

Nargiza – eng yaxshi kitobxon

   

 
 
 

 
 
 

 
 
 

 
 
O‘zA XABARLARI

Bolalar oilada tarbiyalanmog‘i kerak

Ahil oilalar – yoshlarga ibrat

 
"Sog'lom avlod uchun"
xalqaro hayriya jamg'armasi

Toshkent shahri 100047
Istiqbol ko'chasi, 15.

Tel.: +998 (71) 232 0082
Faks: +998 (71) 233 0289

       
       
ЖАМҒАРМА ХАҚИДА
Вазифалар
Жамғарма тарихи
Тузилма
Ходимлар
Алоқа
ДАСТУРЛАР
Тиббий
Мурувват
Ўқув
Маданий-маърифий
Спортни ривожлантириш
ХАЛҚАРО ХАМКОРЛИК
АҚШ
Германия
Жанубий Корея
Туркия
Малайзия
Россия
ВА БОШҚАЛАР
Пресс-релиз
Ҳисоботлар
Саломатлик поезди
Фотосуратлар
Copyright © Sog'lom avlod uchun. All rights reserved Алоқа | RSS | Сайт ҳаритаси