Warning: Invalid argument supplied for foreach() in /srv/www/vhosts/sau.uz/httpdocs/wp-content/plugins/rss-poster/RSSPoster.php on line 489
Ulkan jasorat namunasi
O‘zA, N. Abduraimova, 03.02.2012 18:48
Prezidentimiz Islom Karimovning Vatanimiz mustaqilligining 20 yilligi bayrami arafasida nashr etilgan “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitobi mamlakatimizning siyosiy-ijtimoiy, madaniy-ma’naviy hayotida katta voqea bo‘ldi. Mazkur kitobni xalqimiz, ayniqsa, yoshlar katta qiziqish va e’tibor bilan o‘rganmoqda.
Poytaxtimizda “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitobining yoshlarda jasorat, fidoyilik va ijtimoiy mas’uliyat fazilatlarini tarbiyalashdagi ahamiyatiga bag‘ishlab tashkil etilgan anjumanda bu alohida ta’kidlandi. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti va Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdi.
O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasi raisi M.Teshaboyev, Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori U.Inoyatov va boshqalar istiqlol yillarida Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimizda izchillik bilan amalga oshirilayotgan erkin va farovon hayot, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish borasidagi tub islohotlar bugun yuksak samaralar berayotganini alohida ta’kidladi.
Xalqimiz qo‘lga kiritayotgan bunday ulkan yutuqlarga, bugungi ozod, tinch va osoyishta kunlarga o‘z-o‘zidan erishilgani yo‘q, albatta. Mamlakatimizning tarixan qisqa davrda bosib o‘tgan g‘oyat murakkab, ayni vaqtda sharafli taraqqiyot yo‘li, bu yo‘lda qo‘lga kiritilgan, bugungi kunda dunyo hamjamiyati tomonidan haqli ravishda tan olinayotgan yutuq va marralarimizga qanday asosda, qanday og‘ir sinov va mashaqqatlar evaziga erishilganini teran anglashda davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitobi ishonchli manba va amaliy qo‘llanmadir.
Shu bois mazkur kitobning yoshlar o‘rtasida chuqur o‘rganilishi bugungi tinch va farovon hayotimiz qadrini anglab yetish hamda mustaqilligimizni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega. Kitobdagi har bir hujjat, nutq va ma’ruza katta tarixiy ahamiyatga ega. Ularni qayta-qayta o‘qigan sari istiqlol xalqimizga berilgan oddiy tuhfa emas, balki katta qiyinchilik bilan, davlatimiz rahbarining ulkan jasorati, xalqimizning sabr-qanoati tufayli erishilgan tarixiy yutuq ekanini idrok etadi kishi. Mazkur asar mazmun-mohiyatini yoshlarga chuqurroq o‘rgatish ularni bugungi kunning qadriga yetishga, mustaqillikni mustahkamlash uchun hissa qo‘shishga undaydi.
Anjumanda davlatimiz rahbarining kitobida aks ettirilgan hujjatlar mohiyati va ahamiyati, tarixan qisqa davrda O‘zbekiston erishgan muvaffaqiyatlar, xalqimiz hayotidagi yangilik va o‘zgarishlar, bosib o‘tilgan g‘oyat murakkab mustaqil taraqqiyot yo‘lida qanday sinov va mashaqqatlar yengib o‘tilganligi haqida talaba-yoshlarga batafsil ma’lumotlar berildi.
So‘nggi yangiliklar:
To‘kinlik, farovonlik va baraka omili
Xolisona tahlil va tanqid ruhida
Ustuvor vazifalar muhokama etildi
















