Iste’dodli yoshlar maskani

Iste’dodli yoshlar maskani

O‘zA, L.Suvonov, 28.02.2012 15:49

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida iqtidorli o‘g‘il-qizlarni kashf etish, ularning iste’dodini har tomonlama kamol toptirish, yosh avlodning ma’naviy olami va madaniy saviyasini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2008 yil 8 iyulda qabul qilingan “Bolalar musiqa va san’at maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha 2009-2014 yillarga mo‘ljallangan Davlat dasturi to‘g‘risida”gi qarori mazkur soha rivojini yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qilayotir.

Ushbu hujjatda yoshlarning milliy va jahon musiqasi, tasviriy san’atning yuksak namunalaridan keng bahramand etish uchun zarur sharoit yaratish, boshlang‘ich musiqiy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilangan. Mazkur Davlat dasturi yosh avlod iste’dodini har tomonlama kamol toptirish, o‘quvchilarning ma’naviyati, badiiy didini yuksaltirish, musiqa ta’limi tizimini takomillashtirishda muhim omil bo‘lmoqda. Bolalar musiqa va san’at maktablarini barpo etish, mavjudlarini kapital rekonstruksiya qilish, kapital va joriy ta’mirlash, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasidagi ishlar ko‘lami yanada kengaymoqda.

Toshkent viloyatida ham yoshlarga har tomonlama g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularning bilim olishi, iqtidorini namoyon etishi uchun barcha sharoitlarni yaratish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilayotir. Xususan, qarorda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash doirasida o‘tgan yili viloyatda to‘rtta musiqa va san’at maktabi yangidan qurildi, beshta ana shunday maktabda kapital rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi.

Parkent tumanidagi 29-bolalar musiqa va san’at maktabi “Ohangaron binokor” mas’uliyati cheklangan jamiyati quruvchilari tomonidan yaqinda foydalanishga topshirildi. Quruvchilarning sa’y-harakati bilan maktab zamonaviy qiyofa kasb etib, tumandagi eng ko‘rkam binolar qatoridan joy oldi.

Milliy va zamonaviy cholg‘u asboblari, o‘quv jihozlari bilan ta’minlangan mazkur o‘quv maskanida ayni paytda 206 nafar o‘quvchi musiqa va tasviriy san’at sirlarini o‘rganmoqda. Ularga 33 nafar tajribali ustoz va pedagog ta’lim-tarbiya berayotir. Maktabda fortepyano, o‘zbek xalq cholg‘u asboblari, tasviriy san’at, raqs kabi bir qator bo‘limlar faoliyat ko‘rsatmoqda.

– Davlat dasturi asosida bizga zamonaviy ta’lim maskani qurib berilganidan xursandmiz, – deydi maktab direktori Ibrohim Maqsudov. – Endi har bir yo‘nalish bo‘yicha yakka tartibda mashg‘ulot o‘tish uchun xonalarimiz, 200 o‘rinli konsert zalimiz bor, musiqa asboblarimiz yetarli. Yangi o‘quv yilidan haykaltoroshlik, zardo‘zlik, kulolchilik kabi bir qator yangi ta’lim yo‘nalishlari ochishni mo‘ljallamoqdamiz.

So‘nggi yangiliklar:

Temir yo‘l infratuzilmasiga investitsiyalar jalb qilish – iqtisodiyotni yanada rivojlantirishning muhim omili

Qurilish sanoati yutuqlari namoyish etilmoqda

Mudofaa vazirligida uchrashuv

Yigitlar harbiy xizmatga yo‘l olmoqda

Muvofiqlashtiruvchi kengash yig‘ilishi

Javob berish