“Yagona oyna markazi” faoliyati kengaymoqda

“Yagona oyna markazi” faoliyati kengaymoqda

O‘zA, Toshqul Beknazarov, 29.02.2012 15:45

Jizzax shahar hokimligi qoshidagi “Yagona oyna markazi”ning “Bolalar o‘yin maydonchasi” ishga tushdi.

Bu maydonchada ota-onalarga bola tarbiyasi bilan bog‘liq zarur ishlarni amalga oshirishda yordam beriladi.

Ayni paytda Jizzax shahrida yigirma oltita maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Hozirgacha ota-onalar bolalarini bog‘chaga joylashtirish uchun shahar xalq ta’limi faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limiga murojaat qilar, bu ishning o‘ziga xos ovoragarchiliklari bor edi. Endi “Yagona oyna markazi”ning “Bolalar o‘yin maydonchasi” orqali bu ishni shu yerning o‘zida amalga oshirish mumkin. Ota-onalar bolalarini maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirish uchun markazning kompyuter ma’lumotlar bazasidan foydalanib, kerakli muassasani tanlash, u bilan interfaol aloqa o‘rnatish, hujjatlarni rasmiylashtirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

BMT Taraqqiyot dasturining “Mahalliy boshqaruv tizimini qo‘llab-quvvatlash: fuqarolar ishtiroki va hamkorlik” loyihasiga muvofiq, Jizzax shahar hokimligi qoshida tashkil etilgan “Yagona oyna markazi”ning faoliyat ko‘lami kengayib borayotir. Markaz zamonaviy axborot texnologiyalarining barcha turlari bilan to‘liq ta’minlangan. Bu yerda shahar hokimligi faoliyati haqidagi barcha ma’lumotlar va hujjatlarning elektron variantlaridan foydalanish mumkin.

Aholiga qulaylik yaratish, fuqarolarning davlat idoralariga murojaatlarini interfaol usulda hal etish maqsadida tuzilgan ushbu markaz shahar hokimligi faoliyatining ochiq va oshkoraligini, jamoatchilikning axborotga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlashga xizmat qilmoqda. Bu bilan ayni paytda mahalliy davlat boshqaruv organi to‘g‘risida jamoatchilik fikrini shakllantirish, o‘rganish, tahlil qilish imkoni yaratildi.

So‘nggi yangiliklar:

O‘zbekiston osmonida yana bir “Boeing” samolyoti

Bolalar va xotin-qizlar huquqlari: Milliy va xorijiy tajriba

Islohotlarni chuqurlashtirishda xotin-qizlarning hissasi ortmoqda

O‘zbekiston – Yaponiya – 1:0

Qonun loyihasi o‘rganilmoqda

Javob berish





Ойнинг машҳур мақолалари