Yakunlar tahlili va istiqbol vazifalari

Yakunlar tahlili va istiqbol vazifalari

O‘zA, D.Esonova, 29.02.2012 14:34

Guliston shahrida O‘zbekiston Respublikasi “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasining 2011 yil – Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yilida amalga oshirilgan ishlar tahlili va 2012 yil – Mustahkam oila yilidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasining viloyatlar bo‘limlari rahbarlari, viloyat, shahar va tuman hokimliklari, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari, mahalla faollari, maktab va kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi rahbari I.Latipov, Respublika Baynalmilal madaniyat markazi raisi N.Muhammadiyev, “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi ijrochi direktori N.Mo‘minov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar xalqimiz farovonligini oshirish, oilalar mustahkamligini ta’minlash, farzandlarimizni vatanparvarlik, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash kabi ezgu maqsadlarga xizmat qilayotganini ta’kidladi.

Yurtdoshlarimiz qalbida Vatanga muhabbat, sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish, ularni bunyodkorlik ishlariga chorlashda tasviriy targ‘ibot vositalari alohida o‘rin tutadi. Seminarda bu borada “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi tomonidan olib borilayotgan ishlar atroflicha tahlil etildi.

Uyushma tomonidan 2011 yilda Vatanimiz mustaqilligining 20 yilligi, Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili, Vatan himoyachilari kuni, 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni, Navro‘z bayrami munosabati bilan turli shakl va hajmdagi banner, plakat va bukletlar tayyorlandi. Ijtimoiy mavzulardagi tasviriy vositalar markaziy ko‘chalar, xiyobonlar, odamlar gavjum joylarga o‘rnatildi. Zamonamiz qahramonlari faoliyati, yurtimizdagi bunyodkorlik ishlari, milliy qadriyatlarimiz, mustaqillik yillarida sport, ta’lim, tibbiyot, kichik biznes va tadbirkorlik kabi sohalarda erishilgan yutuqlar, mamlakatimizda qaror topgan tinchlik-osoyishtalik, millatlararo totuvlik, bag‘rikenglik muhiti aks etgan banner va plakatlar joylarda amaliy targ‘ibot va ma’naviy tarbiya vositasi bo‘lib xizmat qilayotir.

Seminarda tasviriy targ‘ibot ishlarining sifati va ta’sirchanligini yanada oshirish, bunday vositalarni maktab, kollej va oliy o‘quv yurtlariga joylashtirish ishlarini yaxshilash, ta’lim dargohlarining ma’naviyat xonalarini Prezidentimizning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobi asosida yaratilgan tasviriy ko‘rgazma vositalari bilan jihozlash masalalari muhokama etildi. Bu borada yaxshi natijalarga erishayotgan “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasining Samarqand, Andijon, Namangan va Toshkent viloyatlari bo‘limlarining ish tajribasi o‘rganildi.

“Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasining 2012 yil – Mustahkam oila yilida amalga oshiradigan ishlari rejasi tasdiqlandi.

Seminar ishtirokchilari Sirdaryo tumanidagi “Temur-med-farm” mas’uliyati cheklangan jamiyati, “Inter-Milk” O‘zbekiston-Gollandiya, “Peng-sheng” O‘zbekiston-Xitoy hamda Guliston shahridagi “Mili-tekstil” O‘zbekiston-Buyuk Britaniya qo‘shma korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Tadbirda Sirdaryo viloyati hokimi O.Ashurmatov ishtirok etdi.

So‘nggi yangiliklar:

O‘zbekiston osmonida yana bir “Boeing” samolyoti

Bolalar va xotin-qizlar huquqlari: Milliy va xorijiy tajriba

Islohotlarni chuqurlashtirishda xotin-qizlarning hissasi ortmoqda

O‘zbekiston – Yaponiya – 1:0

Qonun loyihasi o‘rganilmoqda

Javob berish





Ойнинг машҳур мақолалари