Bolajonlar quvonchi cheksiz

Bolajonlar quvonchi cheksiz

O‘zA,Yorqul Umar, 30.12.2011 11:58

Yangi yil bayramini hammadan ko‘ra bolajonlar intiqlik bilan kutadi. Ayniqsa, mustaqillik yillarida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Prezident archasi” tadbirlari kichkintoylarga olam-olam quvonch ulashmoqda.

Navoiy shahridagi “Farhod” madaniyat saroyida tashkil etilgan “Prezident archasi” bayram tadbiriga viloyatdagi Mehribonlik va oilaviy bolalar uylari tarbiyalanuvchilari, kam ta’minlangan oilalarning farzandlari taklif etildi. Ularga Prezidentimizning Yangi yil sovg‘alari topshirildi.

“Farhod” madaniyat saroyi badiiy jamoalari tomonidan tashkil etilgan qiziqarli teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiqlar bolajonlar qalbini cheksiz quvonchga to‘ldirdi. Qorbobo va Qorqiz ishtirokida archa atrofida bo‘lib o‘tgan shodiyonalar, ertaklar qahramonlarining sarguzashtlari ularda katta taassurot qoldirdi.

– Bugungi bayram tomoshalari bir umr yodimizdan chiqmaydi, – deydi Navoiy shahridagi Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi Erkin Jumaqulov. – Yakuniga yetayotgan yil men uchun omadli bo‘ldi. Prezident asarlari ko‘rik-tanlovining Navoiy shahar bosqichida ishtirok etib, birinchi o‘rinni egalladim. Biz, bolalar uchun mana shunday bayramlarni tashkil etib berayotgan Yurtboshimizdan cheksiz minnatdormiz.

Bayram tadbirida Navoiy viloyati hokimi E.Turdimov ishtirok etdi.

So‘nggi yangiliklar:

Tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar

O‘zbekiston – sehrli diyor

Bolalarga atalgan sovg‘alar

Ezgu orzular ro‘yobga chiqmoqda

Hovli to‘ylari yangi yil bayramiga ulanmoqda

Javob berish





Ойнинг машҳур мақолалари