Kollej o‘quvchilari bahsi

Kollej o‘quvchilari bahsi

O‘zA, A.Ortiqboyev, 30.12.2011 11:55

Mamlakatimiz Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 20 yilligiga bag‘ishlab Taxiatosh shahridagi kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari o‘rtasida “Shunqorlar” harbiy-sport musobaqasi o‘tkazildi.

Energetika kasb-hunar kollejida o‘tkazilgan ushbu tadbir shahar mudofaa ishlari bo‘limi, mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati va “Mahalla” jamg‘armasi shahar bo‘limlari hamkorligida tashkil etildi.

Yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlash, jismonan chiniqtirish, ularda harbiy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida tashkil etilgan musobaqada jamoalar nishonga o‘q otish, turnikda tortilish, to‘siqlardan oshib o‘tish, granata uloqtirish, safda yurish, tosh ko‘tarish, arqon tortish kabi shartlar asosida bellashdilar. O‘quvchilarning harbiy sohaga oid bilimlari savol-javoblar orqali sinovdan o‘tkazildi.

Musobaqada politexnika va energetika kasb-hunar kollejlari jamoalari g‘olib chiqdi. Ular tashkilotchilar tomonidan munosib rag‘batlantirildi.

So‘nggi yangiliklar:

Tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar

O‘zbekiston – sehrli diyor

Bolalarga atalgan sovg‘alar

Ezgu orzular ro‘yobga chiqmoqda

Hovli to‘ylari yangi yil bayramiga ulanmoqda

Javob berish





Ойнинг машҳур мақолалари