“Prezident archasi” – bolalar quvonchi

“Prezident archasi” – bolalar quvonchi

O‘zA, D.Esonova, 31.12.2011 15:58

Mamlakatimizda yosh avlod ta’lim-tarbiyasi, kamoloti, salomatligi va istiqboliga alohida e’tibor qaratilmoqda. An’anaviy “Prezident archasi” bayram tadbirlarining o‘tkazilishi, ularda kichkintoylarga davlatimiz rahbarining sovg‘alari topshirilishi ham ana shu g‘amxo‘rlikning yorqin ifodasidir.

Mazkur tadbirlar Sirdaryo viloyatida ham ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Guliston shahrida tashkil etilgan “Prezident archasi” shodiyonalariga Mehribonlik uylari, “Bolalar shaharchasi” tarbiyalanuvchilari, xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo‘lgan osoyishtalik posbonlari, kam ta’minlangan, ko‘p bolali, boquvchisini yo‘qotgan oilalarning farzandlari taklif etildi.

Bayram dasturxoni atrofida jam bo‘lgan bolajonlar uchun “Sirdaryo navolari” ansambli tomonidan sahnalashtirilgan “Oltin baliqcha” ertak-shousi namoyish etildi. Ular sho‘x kuy-qo‘shiqlarga raqsga tushib, o‘zlari ham tantananing faol ishtirokchisiga aylandi. Prezidentimizning sovg‘alari bolajonlarga olam-olam quvonch baxsh etdi.

– Mamlakatimizda qaror topgan ijtimoiy adolat, bag‘rikenglik, insonparvarlik tamoyillari hayotimiz farovonligi, farzandlarimizning porloq kelajagini ta’minlashga xizmat qilmoqda, – deydi Guliston shahridagi “Bolalar shaharchasi” direktori Pokiza Ahmadjonova. – Bugungi tadbir uch yuz nafardan ziyod bolajonlar qalbida o‘chmas taassurot qoldirdi.

Bayram tadbirida Sirdaryo viloyati hokimi O.Ashurmatov ishtirok etdi.

So‘nggi yangiliklar:

Yangi yil tabriklari

Fotogalereya: Vatan himoyasi – muqaddas burch

Milliy matbuotimiz rivojiga g‘amxo‘rlikning amaldagi yana bir ifodasi

“Prezident archasi” – bolalar quvonchi

Bolajonlar quvonchi

Javob berish





Ойнинг машҳур мақолалари