Bolajonlar quvonchi

Bolajonlar quvonchi

O‘zA, A.Ortiqboyev, 31.12.2011 15:42

Mamlakatimizning barcha joylarida bo‘lgani kabi Orolbo‘yining olis ovullari, shahar va qishloqlarida ham Yangi yil bayrami shodiyonalari ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda.

Ayniqsa, “Prezident archasi” tadbirlari kichkintoylarga olam-olam quvonch bag‘ishladi. Tantanalarda kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan hamda ko‘p bolali oilalar farzandlari bo‘lgan 800 nafardan ziyod o‘g‘il-qizga Prezidentimizning bayram sovg‘alari topshirildi.

Yurtboshimiz tomonidan navqiron avlodga ko‘rsatilayotgan bunday yuksak e’tibor va mehr ularning ezgulikka intiluvchan olijanob insonlar bo‘lib kamol topishiga xizmat qilishi tadbirlarda alohida ta’kidlandi. Bolajonlar Qorbobo, Qorqiz va ertak qahramonlari bilan rang-barang o‘yinchoq va chiroqlar porlab turgan archa atrofida raqsga tushib, dildan yayradilar.

Tadbirlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi M.Yerniyazov ishtirok etdi.

So‘nggi yangiliklar:

Yangi yil tabriklari

Fotogalereya: Vatan himoyasi – muqaddas burch

Milliy matbuotimiz rivojiga g‘amxo‘rlikning amaldagi yana bir ifodasi

“Prezident archasi” – bolalar quvonchi

Bolajonlar quvonchi

Javob berish





Ойнинг машҳур мақолалари