Prezident sovg‘alari topshirildi

Prezident sovg‘alari topshirildi

O‘zA, G‘.Hasanov, 31.12.2011 15:38

Samarqandda “Prezident archasi” bayram tadbirlari uyushqoqlik bilan o‘tkazildi.

Mamlakatimizda yosh avlodni har tomonlama barkamol insonlar etib tarbiyalash, ularning huquq va manfaatlarini himoyalash, ta’lim-tarbiya olishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish, salomatligini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

“Prezident archasi” bayram tadbirlari Samarqand viloyatining barcha shahar va tumanlarida yuqori saviyada tashkil etildi. Tadbirlarga Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar hamda xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan ichki ishlar, mudofaa tizimi xodimlarining farzandlari taklif etildi. Ularga davlatimiz rahbarining sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

Samarqand shahridagi “Afrosiyob-palas” mehmonxonasida o‘tkazilgan bayram tadbirida Mehribonlik uylari va “SOS” bolalar mahallasi tarbiyalanuvchilari yam-yashil archa atrofida Qorbobo va Qorqiz, turli ertak qahramonlari ishtirokidagi teatrlashtirilgan tomoshalarda qatnashdi. Prezident sovg‘alari, viloyatdagi badiiy jamoalarning konsert dasturlari, qiziqarli o‘yinlar, qadimiy va navqiron shahar bo‘ylab sayohat bolajonlarga olam-olam zavq baxsh etdi.

– Biz Yangi yil bayramini doimo orziqib kutamiz, – deydi Samarqand shahridagi “SOS” bolalar mahallasi tarbiyalanuvchisi Sirojiddin Primov. – Chunki har yili bayramda Prezidentimizning sovg‘alarini olib, xursand bo‘lamiz. Qorbobo va Qorqiz, turli ertak qahramonlari bilan raqsga tushamiz.

Tadbirda Samarqand viloyati hokimi Z.Mirzayev qatnashdi.

So‘nggi yangiliklar:

Yangi yil tabriklari

Fotogalereya: Vatan himoyasi – muqaddas burch

Milliy matbuotimiz rivojiga g‘amxo‘rlikning amaldagi yana bir ifodasi

“Prezident archasi” – bolalar quvonchi

Bolajonlar quvonchi

Javob berish





Ойнинг машҳур мақолалари