“AmeriCares” (AQSH) xalqaro xayriya tashkiloti bilan birgalikda qilingan ishlar.

 “AmeriCares” xalqaro tashkiloti tomonidan 2015-yil davomida dori-darmonlar, tibbiy anjomlar, nogironlik aravachalaridan iborat 16 marotaba muruvvat yuklari keltirildi.Umumiy qiymati  54 mln. 836,6 ming. AQSH dollori.

 Shu jumladan yanya bir tashkilot «Resource and Policy Exchange (RPX)»tashkiloti tomonidan quritilgan sabzavot sho‘rvasidan iborat insonparvarlik yordami keltirildi. Mazkur muruvvat yukning qiymati 311,4 ming Aqsh dollari.

“AmeriCares” xalqaro tashkiloti vakillari “Sog‘lom avlod uchun” fondining manziliga kelib tushayotgan muruvvat yuklarini taqsimlanishi va tarqatilishini to‘laqonli ishtirokidan mamnun bo‘lib, iliq mehmondo‘stlik uchun chuqur minnatdorlik izhor etdilar.

“The Resource and Policy Exchange” (AQSH) notijorat tashkiloti bilan o‘zaro hamkorlik

 2010-yilning 30-dekabrida “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi va “The Resource and Policy Exchange” (AQSH) notijorat tashkiloti bilan o‘zaro hamkorlik asosida “Tinchlik qaror topsin uchun!” deb nomlangan oziq-ovqat taʼminoti haqida bitim imzolangandi.

2015-yil davomida “Sog‘lom avlod uchun fondiga xalqaro hamkor tashkilotlar tomonidan dori-darmon, tibbiyot anjomlari, multivitamin, nogironlik aravachalari, vitaminlashtirilgan sabzavot aralashmasi ko‘rinishidagi muruvvat yordamlari keltirilmoqda. Ushbu muruvvat yordamlari fondning xududiy filiallari, hududiy sog‘liqni saqlash boshqarmalari orqali respublikamizdagi tibbiy va maxsus bolalar muassasalariga taqdim etildi.

2016-yilda xalqaro hamkorlik

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi muruvvat yo‘nalishida xayriya tadbirlarini amalga oshirish, o‘z Nizomi hamda Davlat Dasturlarining ijrosini taʼminlash maqsadida Respublikamizdagi tibbiy-ijtimoiy muassasalar, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, “Mehribonlik”, “Muruvvat” va “Sahovat” uylari, maxsus maktab internatlari tarbiyalanuvchilarini qo‘llab-quvvatlash uchun dori-darmon, tibbiyot jihozlari, sanitariya-gigiyena vositalari, kiyim-kechak, oziq-ovqat, nogironlik aravachalari, sport inventarlaridan iborat muruvvat yordamlarini topshirib kelmoqda.

Joriy yil davomida “Sog‘lom avlod uchun” fondiga xalqaro hamkor tashkilotlar tomonidan dori-darmon, tibbiyot anjomlari, multivitamin, nogironlik aravachalari, vitaminlashtirilgan sabzavot aralashmasi ko‘rinishidagi muruvvat yordamlari keltirilmoqda. Ushbu muruvvat yordamlari fondning hududiy filiallari, hududiy Sog‘liqni saqlash boshqarmalari orqali respublikamizdagi tibbiy va maxsus bolalar muassasalariga taqdim etildi.

Mazkur xayrli ishlarni davom ettirish maqsadida, fond hamkor xalqaro tashkilotlar bilan bir qator loyihalarni amalga oshirmoqda. USAID xalqaro tashkilotining “Tinchlik yo‘lidagi oziq-ovqat yordami” dasturi doirasida 14-sentyabr kuni soat 11:00 da Fond majlislar zalida AQSH ning “Resource and Policy Exchange” xalqaro tashkiloti tomonidan keltirilgan, 112,5 t vitaminlar bilan boyitilgan quritilgan sabzavot sho‘rvasining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Maʼlumot o‘rnida aytib o‘tish lozimki, 2015-yili ushbu xalqaro tashkilotdan 112,5 t vitaminlar bilan boyitilgan quritilgan sabzavot sho‘rvasi qabul qilinib, 118 ta tibbiy va ijtimoiy mussasalariga topshirilgan.

“Sog‘lom avlod uchun” fondi “Resource and Policy Exchange” xalqaro tashkiloti bilan 2009-yildan beri hamkorlikda bir qator loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. Ushbu muruvvat yuki Fond va uning hududiy filiallari hamda Sog‘liqni saqlash va Xalq taʼlimi tizimi tashkilotlari orqali respublikamizdagi 139 ta tibbiy va ijtimoiy muassasalariga topshiriladi.

Shuni alohida takidlash lozimki, 2016-yil hozirgi davriga qadar ham Fond o‘z muruvvat yo‘nalishi doirasida xayriya tadbirlarini amalga oshirishda AQSHning “AmeriCares”, “TOMS SHOES” va “Resource and Policy Exchange”, Germaniyaning “Friedensdorf International”, Koreya Respublikasining “Save the Children” xalqaro tashkiloti, KOFIH xalqaro sog‘liqni saqlash fondi, Finlyandiyaning “Pribory Oy” tashkiloti va boshqa xalqaro xayriya tashkilotlari tomonidan dori-darmonlar, sanitariya-gigiyena vositalari, oziq-ovqat hamda tibbiy jihozlardan iborat muruvvat 30 ta muruvvat yuklari keltirilib, Respublikamiz tibbiy muassasalari, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, “Mehribonlik”, “Muruvvat” va “Sahovat” uylari tarbiyalanuvchilari uchun tarqatildi.

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi ushbu xayriya tadbirini amalga oshirishda yaqindan yordam bergan barcha tashkilot va homiylarga hamda ommaviy axborot vositalariga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.
1. Fond “Resource and Policy Exchange” xalqaro tashkiloti bilan 2010-yildan beri hamkorlikda bir qator loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. Ushbu muruvvat yuki fond va uning mintaqaviy filiallari hamda Sog‘liqni saqlash tizimi tashkilotlari orqali respublikamizdagi 100 dan ortiq tibbiy, ijtimoiy muassasalarga hamda kam taʼminlangan, imkoniyati cheklangan aholiga topshiriladi.