Madaniy-marifiy dasturlar

Turli ko‘rik-tanlov, ko‘rgazma va festivallarni tashkil etish

2016-yilda fond va uning xududiy filiallari tomonidan quyidagi Madaniy-marifiy tadbirlar o‘tkazildi.

Jumladan Fond Markaziy apparati tomonidan 2016-yilning 8-yanvar kuni Toshkent shahridagi 22 va 23-sonli “Mehribonlik” uylarining jami 50 nafar tarbiyalanuvchilari uchun tarixiy Samarqand shahriga bir kunlik (bepul) sayohat tashkillashtirildi. Sayohat davomida bolajonlar Registon maydoni, Samarqand tarixi muzeyi, Go‘ri Amir maqbarasi bilan tanishdilar.

26-fevral kuni O‘zbekiston Milliy universiteti sport majmuasida O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va bir qator vazirlik va idoralar hamkorlikda Respublika vazirlik va idoralarida faoliyat ko‘rsatayotgan xotin-qizlar o‘rtasida “Sport – nafislik va salomatlik manbai” sport musobaqalari tashkil etildi. Musobaqada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 3 ta nominatsiyadagi g‘oliblardan 42 nafar ishtirokchilarga sovg‘alar berildi.

4-mart kuni 8-mart – “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan Zulfiya mukofotining 2016-yilgi sovrindorlarining Zulfiya haykali poyiga gullar quyishi marosimi o‘tkazildi. Tadbirda “Sog‘lom avlod uchun” fondi tomonidan sovg‘alar topshirildi.

4-mart kuni Toshkent axborot texnologiyalari universitetining sport majmuasida sport raqsi turi bo‘yicha hamda 5-mart kuni Toshkent xalqaro Vestministr universiteti sport majmuasida sportning badminton va ushu turlari bo‘yicha “Sog‘lom avlod uchun” kubogi uchun sport festivali o‘tkazildi Sport festivali doirasida yakkalik va juftliklarda ishtirokchilar qatnashdi. Festivalda jami 150 nafarga yaqin 2000-2005-yillarda tug‘ilgan va undan kichik yoshdagi o‘smir qizlar va bolalar uch yosh toifasida kurash olib borishdi.

10-mart kuni 8-mart – “Xalqaro xotin-qizlar kuni”ga bag‘ishlab Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi bolalar ahloq tuzatish koloniyasi tarbiyalanuvchilari o‘rtasida “Eʼzozimdasiz onajon” mavzusida rasmlar ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Eng yaxshi ish egalariga “Sog‘lom avlod uchun” fondining estalik sovg‘alari topshirildi. Tadbir doirasida ahloq tuzatish koloniyasida “O‘zbegim yoshlari” guruhi tomonidan konsert dasturi va badiiy chiqishlar namoyishi o‘tkazildi. Tadbirda 100 nafarga yaqin ishtirokchilar qatnashdilar.

18-mart kuni Toshkent viloyati Qibray tumani “Do‘rmon” madaniyat saroyida xayriya aksiyasi tashkil etildi. Xayriya aksiyasida Toshkent viloyatida istiqomat qiluvchi 70 nafar qandli diabetli bemor bolalarga “Sog‘lom avlod uchun” fondining xorijiy hamkorlaridan hisoblangan “Friedensdorf International” xalqaro tashkiloti tomonidan berilgan 70 dona glyukometr, test poloskalar, dori-darmonlar, yozgi oyoq kiyimi va oziq-ovqat maxsulotlaridan iborat paketlar topshirildi.

25-mart kuni Toshkent shahridagi 21, 22 va 23-sonli “Mehribonlik” uylarining jami

50 nafar tarbiyalanuvchilari uchun tarixiy Samarqand shahriga bir kunlik (bepul) sayohat tashkillashtirildi. Sayohat davomida bolajonlar Registon maydoni, Samarqand tarixi muzeyi, Go‘ri Amir maqbarasi bilan tanishdilar.

30-mart kuni Toshkent shahar Yakkasaroy tumani 1-sonli bolalar va o‘smirlar sport majmuasida sport raqsi turi bo‘yicha va 31-mart kuni “Sahovat sport serviz” AJ suv havzasida sportning sinxron suzish va suvga sakrash turlari bo‘yicha 21-mart “Navro‘z” umumxalq bayramiga bag‘ishlab, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi hamda bir qator boshqa tashkilotlar hamkorlikda o‘smir qizlar va bolalar o‘rtasida “Nafosat olami” shiori ostida “Sog‘lom avlod uchun” kubogi uchun V Respublika sport festivali musobaqalari o‘tkazildi. Sport festivali doirasida sportning nafis turlari hisoblangan suzish, sinxron suzish, suvga sakrash va sport raqsi turlari bo‘yicha musobaqalarda har bir jamoa tarkibida 3-10 nafardan ishtirokchi qatnashdi. Festivalda jami 150 nafardan ortiq 2005-20010-yillarda tug‘ilgan o‘smir qizlar va bolalar o‘z toifalarida kurash olib borishdi. Barcha ishtirokchilar va g‘oliblar “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi va Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armalarining qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.

2-4-may kunlari O‘zbekiston davlat konservatoriyasida “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari, Xalq taʼlimi hamda Oliy va o‘rta maxsus kasb-hunar taʼlimi vazirliklari, “So‘g‘diyona” milliy cholg‘ular kamer orkestri, Shveysariyaning hamkorlik byurosi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, O‘zbekiston Bastakorlar uyushmasi, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmalari hamkorlikda “Navro‘z sadolari” II xalqaro musiqa ko‘rik festivalini o‘tkazishdi. 2007-yildan anʼanaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan ushbu festival – bolalar va yoshlarning musiqiy tarbiyasiga bag‘ishlangan Davlat dasturlarini bajarish, shuningdek respublikamizning kelajakdagi madaniyatining rivoji uchun milliy cholg‘ularimiz ijrochiligida yetuk kadrlar tayyorlashga yo‘naltirilgandir. 2016-yilgi festival Tashkiliy qo‘mita qarori hamda xorijiy hamkorlar taklifi inobatga olinib, II marotaba xalqaro miqyosda o‘tkazilmoqda. Festival ishtirokchilari: madaniyat, musiqa va sanʼat litseylari hamda kollejlar orkestr hamda ansambllar bilan birgalikda, professional jamoalardan tashkil topgandir. Festival I bosqichi joylarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahrida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan madaniyat, musiqa va sanʼat litseylari hamda kollejlar jamoalari hamda qo‘shni Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘iziston Respublikalaridan qatnashib, umumiy ishtirokchilar soni 1000 nafardan ziyoddir. Ularning yoshi esa 16 yoshdan 19 yoshgachani tashkil etadi. Bu yilgi festivalda Andijon shahrining 43-sonli maktabgacha taʼlim muassasasining “Bolajon” va Toshkent shahar 360-sonli maktabgacha taʼlim muassasasining “Asaloy” bolalar ansambli ishtirok etdi. Tanlov uchun ajratilgan kompozitorlar ijodiyotidan har bir yo‘nalish uchun yangi shartli asarlar tavsiya etilgan. O‘tgan yili o‘tkazilgan festival – tanlov natijalari yosh ijrochilar maxoratini o‘sishiga ancha yordam berdi. Festival g‘oliblariga tashkilotchilarning qimmatbaho estalik sovg‘alari topshirildi.

10-14-may kunlari “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi hamda Madaniyat va sport ishlari vazirliklari, O‘zbekiston Bastakorlar uyushmalari hamkorlikda anʼanaviy o‘tkazilib kelinayotgan yosh musiqachilar o‘rtasidagi navbatdagi “Sanʼat g‘unchalari” Xalqaro ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi musiqa va sanʼat maktablarida taʼlim oluvchi, viloyat bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan hamda xorijdan tashrif buyurgan jami

180 nafarga yaqin yosh iqtidorli musiqachilar o‘zaro bellashdilar. Tanlov O‘zbekiston davlat konservatoriyasida zarbli va damli cholg‘u asboblar ijro yo‘nalishida kichik guruh 13-15 yoshli, katta guruh 16-19 yoshgacha bo‘lgan musiqachilar bor iqtidorlarini sarflab o‘z mahoratlarini namoyon etadilar Ishtirokchilarni tajribali hayʼat aʼzolari tomonidan baholanib borildi. Festival g‘olib va sovrindorlariga “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi O‘zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirliklarining qimmatbaho estalik sovg‘alari topshirildi.

27-may kuni “Sog‘lom avlod uchun” fondi (2 mahal issiq ovqat bilan taʼminlandilar) “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ (100 dona bori-kelish temir yo‘l chiptalari bepul ajratildi) hamda O‘zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirliklari bilan hamkorlikda Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi 14-sonli va Bo‘ka tumanidagi 15-sonli “Mehribonlik” uylarining jami

50 nafar tarbiyalanuvchilari uchun tarixiy Samarqand shahriga bir kunlik (bepul) sayohat tashkillashtirildi. Sayohat davomida bolajonlar Registon maydoni, Samarqand tarixi muzeyi, Go‘ri Amir maqbarasi bilan tanishdilar.

31-may kuni O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi Markaziy ko‘rgazmalar zalida “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamkorlikda “Yer kurrasida tinchlik” Respublika rasmlar ko‘rik-tanlovini o‘tkazishdi. Tanlov ikki bosqichdan iborat bo‘lib, birinchi bosqich joriy yilning aprel-may oylarida o‘tkazilib, unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi umumtaʼlim maktablari o‘quvchilari va maktabgacha taʼlim muassasalari tarabiyalanuvchilari qatnashishdi. Ulardan 100dan ortiq rasmlar viloyat bosqichlarida aniqlandi. Shundan, 9 nafar g‘oliblar va 7 nafar nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblarning eng yaxshi ishlari tanlovning yakuniy bosqichida eʼlon qilindi. Rasmlar taniqli professional rassomlardan tashkil topgan yuqori malakali hayʼat aʼzolari tomonidan baholandi. Tanlov 3 ta yosh kategoriyasi bo‘yicha o‘tkazildi: 3 yoshdan – 6 yoshgacha, 7 yoshdan – 11 yoshgacha, 12 yoshdan – 15 yoshgacha. Shuningdek tadbir doirasida bir qator xalqaro ko‘rik-tanlovlar g‘olibi va laureati sohibi Sagatova Kamillani taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tdi. Tadbirda “Orom” bolalar ashula va raqs guruhi hamda Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyining orkestr jamoalari chiqishlari namoyish etildi.

2-iyun kuni “1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan “Har bir bolaga mehr, eʼtibor” shiori ostida maxsus 10 kunlik doirasida “Sog‘lom avlod uchun” fondi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirliklari, Respublika “Sen yolg‘iz emassan” bolalar jamoatchilik jamg‘armasi, Toshkent shahri va viloyati hokimliklari hamkorlikdagi anʼanaviy tadbirlardan biri “Mehribonlik” uylari tarbilanuvchilari uchun Toshkent shahridagi “Toshkent-Lend” bolalar istirohat bog‘ida xayriya tadbirini o‘tkazdi. Bayram tadbirida Toshkent (14 va 15-sonli “Mehribonlik” uylari) va Sirdaryo (Guliston bolalar shaharchasi) viloyatlari hamda Toshkent shahridagi (21, 22, 23 va 30-sonli “Mehribonlik” uylari va SOS O‘zbekiston Bolalar mahallalari) jami 1000 nafarga yaqin “Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilari va Mudofaa vazirligi tizimida o‘z xizmat burchini bajarish vaqtida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning farzandlari, ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan, kam taʼminlangan oilalar farzandlari uchun barcha ko‘ngilochar atraksionlar bepul tashkil etiladi. Homiylar (Toshkent shahar hokimiyati tomonidan 1000 dona ichimliklar va Toshkent viloyati hokimiyati tomonidan esa 1000 dona muzqaymoqlar) tomonidan bepul muzqaymoqlar va salqin ichimliklar berildi. Tadbirda “Orom” bolalar ashula va raqs guruhi hamda Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyining orkestr jamoalari chiqishlari namoyish etildi.

2016-yil yoz oylarida esa ijtimoiy muhofaza muhtoj bolalarni qo‘llab-quvvatlash hamda taʼtil kunlarini maroqli o‘tishini tashkil etish maqsadida, Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi elchixonasining grant mablag‘lari doirasida jami 119 nafar “Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilari va ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari Samarqand viloyati Samarqand tumanidagi “Oxalik” oromgohi va Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Konstruktor” oromgohlariga jalb etildi. Samarqand viloyati Samarqand tumanidagi “Oxalik” oromgohida 2-mavsum 18-29-iyun kunlari tashkil etilib, unda jami 30 nafar bolalar sog‘lomlashtirildi. Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Konstruktor” oromgohida 3-mavsum 8-iyuldan 22-iyulgacha davom etb, unda jami 50 nafar bolalar sog‘lomlashtirildi. 4-mavsum 22-iyuldan 2-avgustgacha davom etib, unda jami 39 nafar bolalar sog‘lomlashtirildi. 29-iyul kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Konstruktor” oromgohida bolalar uchun O‘zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi bilan hamkorlikda “Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!” deb nomlagan madaniy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi.

20-avgust kuni Toshkent fotosuratlar uyida respublika “Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida “Kamalak jilosi” Respublika rasmlar ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlov ko‘rgazmasi yakunida hayʼat aʼzolari tomonidan aniqlangan “Kamalak jilosi” Respublika rasmlar ko‘rik-tanlovi g‘oliblari va sovrindorlari “Sog‘lom avlod uchun” fondi, “Sen yolg‘iz emassan” jamg‘armasi hamda O‘zbekistondagi Misr Arab Respublikasi elchixonasining Fan, taʼlim va madaniyat markazining kimmatbaho sovg‘alar va diplomlar bilan taqdirlanadilar. Ushbu ko‘rik-tanlovda Respublikamizdagi “Mehribonlik” uylarining 1500 nafar tarbiyalanuvchilari ishtirok etib, viloyat boskichlarida g‘olib deb topilgan 100 dan ortiq akvarel rasmlar va 80 dan ortiq amaliy sanʼat asarlari mazkur ko‘rik-tanlovning yakuniy bosqichiga taqdim etildi va hayʼat aʼzolari tomonidan tasviriy asarlar yo‘nalishida 4 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan ishtirokchilardan 3 nafar (1, 2, 3 o‘rinlar); 11 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan ishtirokchilardan 3 nafar; amaliy sanʼat asarlari yo‘nalishida, 4 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan ishtirokchilardan Z nafar (1, 2, 3 o‘rinlar); 11 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan ishtirokchilardan 3 nafar jami 12 nafar g‘oliblar hamda 7 ta nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi. Tadbirda “Orom” va “Bayram” bolalar ashula va raqs guruhlarining orkestr jamoalari chiqishlari namoyish etildi.

14-noyabr kuni “Sog‘lom avlod uchun” fondi (2 mahal issiq ovqat bilan taʼminlandilar) “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ (100 dona bori-kelish temir yo‘l chiptalari bepul ajratildi) hamda O‘zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirliklari bilan hamkorlikda Toshkent shahridagi 100-sonli ixtisoslashtirilgan maktab internati, 101-sonli maxsus kar bolalar maktab internati, 102-sonli va 106-sonli zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab internatlarining jami 50 nafar tarbiyalanuvchilari uchun tarixiy Samarqand shahriga bir kunlik (bepul) sayohat tashkillashtirildi. Sayohat davomida bolajonlar Registon maydoni, Samarqand tarixi muzeyi, Go‘ri Amir maqbarasi, Shoxi Zinda ansambli bilan tanishdilar.

1-2-dekabr kunlari “Sog‘lom avlod uchun” kubogi uchun stol tennisi bo‘yicha XIII – Respublika o‘smirlar turniri ham o‘smirlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va sportga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otish, xalqaro maydonlarda munosib ishtirok eta oladigan sport ustalarini tayyorlash maqsadida Toshkent shahridagi Yakkasaroy tumanidagi 1-sonli bolalar va o‘smirlar sport maktabida tashkil etildi. Ushbu turnir “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari va Xalq taʼlimi vazirliklari, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi hamda O‘zbekiston stol tennisi Federatsiyasi hamkorligida har yili anʼanaviy tarzda o‘tkazib kelinmoqda. Mazkur yillar davomida turnir ishtirokchilari soni va saviyasi ancha ortdi. Ushbu turnirda Respublikamizning barcha viloyatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahridan 1-bosqichda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jami 56 nafar 2004-2005-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar qatnashdilar. Musobaqa ishtirokchilari juftlik va yakka tartibdagi musobaqalarda o‘zaro bellashdilar. Turnir juft razryad asosida qiz va o‘g‘il bolalar orasida Olimpiya, yaʼni o‘yinni tark etish tizimi bo‘yicha o‘tkazildi.

9-dekabr kuni “Sog‘lom avlod uchun” fondi Majlislar zalida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida istiqomat qiluvchi imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun xayriya tadbiri o‘tkazildi. Tadbir doirasida imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maxsus nogironlik aravachalari va uning ehtiyot qismlari, yurish moslamalari hamda qo‘ltiqtayoqlar topshirildi. Taqdim etilgan nogironlik aravachalari va yurish moslamalari Germaniyaning “Tovarishch – Helf for Children” xalqaro tashkilotidan hamda AQSHning “AmeriCares” xalqaro tashkiloti tomonidan yuborilgan.

19-dekabr kuni “Sog‘lom avlod uchun” fondi majlislar zalida Respublika Skrining markaziga taqdim etilayotgan maxsus ozuqa mahsulotining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tadi. Mazkur bolalar uchun maxsus ozuqa mahsulotlari “East Service Logistics GmbH” kompaniyasi tomonidan taqdim etilayotgan bo‘lib, Fond orqali Skrining markaziga yetkazib berilmoqda.