-
Ijtimoiy axamiyatga ega bolgan muruvvat loyixalarini ishlab chikish - Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar va fertil yoshidagi ayollarga manzilli muruvvat yordamini ko'rsatish
- Bolalar yordamchi muassasalari hamda tibbiy-ijtimoiy muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash
- Nogironlarni harakat vositalari va boshqa hayotiy zarur vositalar bilan taʼminlash
2016-YIL DAVOMIDA– MURRUVAT YORDAM DASTURLARI
Fond tomonidan respublika, shahar va tuman davolash-profilaktika muassasalari, shu jumladan ularning bolalar va tug‘ruqqa ko‘maklashish bo‘linmalari uchun 48,9 ming yevro qiymatidagi muruvvat yordamlari ajratildi.
Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi Germaniyaning “Friedensdorf International” xalqaro tashkiloti va Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘rtasidagi uch tomonlama shartnoma doirasida 2016-yilning fevral va avgust oylarida jami 27 nafar bemor bolalar Germaniya klinikalariga davolanishga yuborildi va ilgari davolanishga yuborilgan bolalardan jami
29 nafari sog‘lomlashtirilib qaytib kelishdi. Joriy yilning
12 oyi davomida 349 nafar bolalar jami 49,97 mln. so‘m mablag‘ hisobiga respublikamiz klinikalarida operatsiya qilib sog‘lomlashtirildi.
Shuningdek, 99,113 ming AQSH dollari (287,6 mln. so‘m) hisobiga Hindiston Respublikasida 26 nafar yurak tug‘ma nuqsoni bilan og‘rigan bemor bolalar sog‘lomlashtirildi.
12 nafar yurak tug‘ma nuqsoni bo‘lgan bemor bolalar “Save the children” (Koreya Respublikasi) tashkiloti ko‘magi bilan ToshPTI klinikasida sog‘lomlashtirildi. Bemor bolalar uchun 20,9 mln. so‘mlik oksegenatorlar ajratildi.
4 nafar yurak tug‘ma nuqsoni bo‘lgan bemor bolalar JCI Koreya Respublikasining “Pundan Cha” gospitalida operatsiya qilinib sog‘lomlashtirildi.
50 nafar yurak tug‘ma nuqsoni bo‘lgan bemor bolalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi ijtimoiy buyurtmasi ko‘magi bilan ToshPTIda sog‘lomlashtirildi. Bemor bolalar uchun 79,39 mln. so‘mlik oksegenatorlar ajratildi. Shuningdek, Turkiyalik shifokorlar bilan xamkorlik doirasida 1-5-oktyabr kunlari Farg‘ona viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlaridan xayriya asosida 139 nafar lab-tanglay va kuyish asoratlari bilan bemor bolalar operatsiya qilib sog‘lmlashtirildi.
Joriy yilning 1-4-noyabr kunlari 5 nafar yurak tug‘ma nuqsoni bo‘lgan bemor bolalar “EurAsia Heart” (Shvetsariya) tashkiloti ko‘magi bilan ToshPTI klinikasida sog‘lomlashtirildi. 2016-yilning o‘tgan davri mobaynida jami 612 nafar bemor bolalar operatsiya qilib sog‘lomlashtirildi.
“Sog‘lom avlod uchun” fondi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ hamkorlikda 2016-yilning 21-29-mart kunlari Navoiy viloyatining “Toshkent – Tinchlik – Konimex – Kara-kata – Mustaqillik – Buzouboy – Uchquduq II – Toshkent” yo‘nalishida “Salomatlik” poyezdi tashkil etildi.
“Salomatlik” poyezdi mutaxassislari, fondning Navoiy viloyati filiali Tibbiy-ijtimoiy brigadasi mutaxassislari bilan hamkorlikda aholining ijtimoiy ximoyaga muhtoj qatlamlariga jami 500 ta manzilli tarzda oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.
Ушбу "Саломатлик" поездило 650,0 млн. со'млик озиг-овкат, киим-кечак, дори-дармон ва тиббийот анжомлари, санитара-гигиена возиталаридан иборат мурувват йордамларидан ташкил топган.
2016-йыл 18-26-апрель кунлари Корагалпог'истон Республика Республика чекка туманларда яшовчиларга тиббий ва ижтимоий йордам корсатиш учун Тошкент – Жаслик – Каракалпакия – Тошкент йоналишидаги «Саломатлик» поезди ташкил этильди.
Ушбу "Саломатлик" поездида 1 млрд. 119,7 млн. со'млик озиг-овкат, киим-кечак, дори-дармон ва тиббийот анжомлари, санитара-гигиена возиталаридан иборат мурувват йордамларидан ташкил топган.
“Sog‘lom avlod uchun” fondi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ bilan hamkorlikda Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarining chekka hududlariga 2016-yilning 17-25-may kunlari Toshkent – Sariosiyo – Qumqo‘rg‘on – Boysun – Darband – Oqrabod – Dehqonobod – Toshkent yo‘nalishida “Salomatlik” poyezdi tashkil etilmokda.
Ushbu “Salomatlik” poyezdida 2 mlrd. 530,7 mln. so‘mlik oziq-ovqat, kiyim-kechak, dori-darmon va tibbiyot anjomlari, sanitariya-gigiyena vositalaridan iborat muruvvat yordamlaridan tashkil topgan.
Bugungi kunda Skrining markazlarini fenilketonuriyali bolalar uchun maxsus ozuqa (725 612,64 AKSH dollari) bilan taʼminlash maqsadida tender savdolari o‘tkazilib, kontraktlar imzolandi va O‘zbekiston Respublikasi Tashki iktisodiy alokalar, investitsiyalar va savdo vazirligidan o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazildi va kontrakt bo‘yicha 725 612.64 AKSH dollariga akkreditiv to‘lovi amalga oshirildi. Shuningdek, kerakli diagnostik reagentlar bilan taʼminlash maqsadida 1 584 405 AKSH dollari qiymatida kontrakt imzolandi va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iktisodiy alokalar, investitsiyalar va savdo vazirlikdan ekspertizadan o‘tgan (21.05.2016y. 26600297-son). Hozirgi kunda Fond tomonidan kontrakt bo‘yicha 1 584 405 AKSH dollariga to‘liq akkreditiv to‘lovi amalga oshirildi.
Shuningdek, Fondning o‘z mablag‘lari xisobiga 80,6 ming AQSH dollariga hamda Davlat ijtimoiy buyurtmasiga asosan 100,1 ming AQSH dollariga teng mablag‘ kontrakt bo‘yicha to‘liq akkreditiv to‘lovi amalga oshirildi.
Aholi orasida tug‘ma nuqsonlari bo‘lgan bolalar tug‘ilishining oldini olish masalalari bo‘yicha fond, O‘zbekiston Xotin qizlar qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamkorligida quyidagi bukletlar chop etildi: “Farzandlarim sog‘ bo‘lsin desangiz”!, “Go‘dak uchun bebaho neʼmat!”, “Farzand muborak”, “Qo‘shimcha ovqatlanish talablari”, “Ona va bola skriningi” Davlat Dasturlari”, “Qarindoshga quda bo‘lmang!”, “Erta nikohning salbiy oqibatlari haqida bilasizmi?”, “Tibbiy genetik maslahat” mavzularida jami 8 turdagi bukletlar ishlab chiqildi va fond tomonidan 60 000 dona bukletlar chop etildi. Umumiy sarf-xarajatlar 14,3 mln. so‘mni tashkil etdi.
“Sog‘lom avlod uchun” fondi tomonidan institutsional va davolash-profilaktika muassasalari mijozlarini vitaminlar bilan boyitilgan sabzovotli sho‘rvalar bilan taʼminlash maqsadida 2016-yil iyul oyida AQSHning “Resource and Policy Exchance” xalqaro tashkiloti tomonidan vitaminlar bilan boyitilgan suyuqlashtirilgan sabzovotli sho‘rvalardan iborat umumiy qiymati 311 446,93 AQSH dollari (927,8 mln. so‘m) qiymatidagi 112,56 tonnalik muruvvat yuki keltirildi. Muruvvat yuki bugungi kunda Sog‘liqni saqlash, Xalq taʼlimi vazirliklari bilan tasdiqlangan taqsimotga ko‘ra 90 ta muassasalarga tarqatildi.
2015-YIL DAVOMIDA– MURRUVAT YORDAM DASTURLARI
“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi Germaniyaning “Friedensdorf International” xalqaro tashkilotining grant mablag‘i doirasida jami 269 nafar bolalar jami 101,4 mln. so‘m mablag‘ hisobiga respublikamiz klinikalarida operatsiya qilinib sog‘lomlashtirildi.
“Sog‘lom avlod uchun” fondiga xorijiy va maxalliy tashkilotlardan jami 64 ta umumiy qiymati 41 mln. 298 ming AQSH dollari va 680,6 mln. so‘mni tashkil etuvchi murruvat yuklari qabul qilinib, respublikadagi 201 ta davolash profilaktika muassasalariga tarqatildi.