Sog‘lomlashtirish dasturi amalda.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamiga yordam berish, har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, sog‘lom avlodni tarbiyalash borasidagi ishlarda nafaqat davlat tashkilotlari, balki nodavlat tashkilotlarining ham aloxida o‘rni bor. “Sog‘lom avlod uchun” halqaro xayriya fondi ham onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash, kam taʼminlangan oilalardagi bemor bolalarni ijtimoiy va tibbiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash borasida muhim ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

Navbatdagi “Salomatlik” poyezdi uchun “O‘zbekiston temir yo‘llari” DATK tomonidan maxsus vagonlar taqdim etilib, yuqori malakali shifokorlar guruhi aholiga zarur tibbiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatish maqsadida, 2014-yil 17-may kuni soat 22:30da Toshkent Markaziy vokzalidan yo‘lga chiqdi. Ushbu malakali shifokorlar bilan birga joylarda Fondning Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari Tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi xodimlari ham aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatadi. Ushbu xayriya aksiyasi davomida aholiga va davolash profilaktika muassasalariga qiymati 160,5 ming AQSH dollari va 11,9 million so‘mga teng insonparvarlik yuklari (600 dona oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat paketlar, oyoq kiyimlari, dori-darmon va tibbiyot anjomlari, sanitariya-gigiyena vositalari va boshqalar)dan iborat muruvvat yordamlari yetkazib berdi.