Sport dasturlari bo‘yicha Bolalar va ayniqsa, qizlarni sportga jalb etish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;
Sportning katta tennis, stol tennisi, kurash, futbol, sinxron suzish, badiiy gimnastika, badminton, voleybol va boshqa turlarini targ‘ib etish;
Sinxron suzish, badiiy gimnastika va stol tennisi bo‘yicha viloyat Federatsiyalarini tashkil etishda tashabbus ko‘rsatildi.
Sog‘lom va nogiron bolalar uchun sport tadbirlarini tashkil etish
• Stol tennisi bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida Respublika turniri;
• badiiy gimnastika bo‘yicha viloyat va tuman turnirlari;
• sinxron suzish bo‘yicha “Suv parisi” Xalqaro turniri;
• qishki sport turlari bo‘yicha “Chimyon ekstrim” festivali;
• “Ekstrim giyohvandlikka qarshi” yoshlar festivali;
• “Chimyon EXO” yoshlar eko-festivali;
• Paraolimpiya o‘yinlari;
• nogiron bolalar orasida
• “Special Olympics” xalqaro musobaqalar.
2016-yil – Sportni rivojlantirish dasturlari
26-fevral kuni O‘zbekiston Milliy universiteti sport majmuasida O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va bir qator vazirlik va idoralar hamkorlikda Respublika vazirlik va idoralarida faoliyat ko‘rsatayotgan xotin-qizlar o‘rtasida “Sport – nafislik va salomatlik manbai” sport musobaqalari tashkil etildi. Musobaqada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 3 ta nominatsiyadagi g‘oliblardan 42 nafar ishtirokchilarga sovg‘alar berildi.
4-mart kuni Toshkent axborot texnologiyalari universitetining sport majmuasida sport raqsi turi bo‘yicha hamda 5-mart kuni Toshkent xalqaro Vestministr universiteti sport majmuasida sportning badminton va ushu turlari bo‘yicha “Sog‘lom avlod uchun” kubogi uchun sport festivali o‘tkazildi Sport festivali doirasida yakkalik va juftliklarda ishtirokchilar qatnashdi. Festivalda jami 150 nafarga yaqin 2000-2005-yillarda tug‘ilgan va undan kichik yoshdagi o‘smir qizlar va bolalar uch yosh toifasida kurash olib borishdi.
30-mart kuni Toshkent shahar Yakkasaroy tumani 1-sonli bolalar va o‘smirlar sport majmuasida sport raqsi turi bo‘yicha va 31-mart kuni “Sahovat sport serviz” AJ suv havzasida sportning sinxron suzish va suvga sakrash turlari bo‘yicha 21-mart “Navro‘z” umumxalq bayramiga bag‘ishlab, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi hamda bir qator boshqa tashkilotlar hamkorlikda o‘smir qizlar va bolalar o‘rtasida “Nafosat olami” shiori ostida “Sog‘lom avlod uchun” kubogi uchun V Respublika sport festivali musobaqalari o‘tkazildi. Sport festivali doirasida sportning nafis turlari hisoblangan suzish, sinxron suzish, suvga sakrash va sport raqsi turlari bo‘yicha musobaqalarda har bir jamoa tarkibida 3-10 nafardan ishtirokchi qatnashdi. Festivalda jami 150 nafardan ortiq 2005-20010-yillarda tug‘ilgan o‘smir qizlar va bolalar o‘z toifalarida kurash olib borishdi. Barcha ishtirokchilar va g‘oliblar “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi va Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armalarining qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.
1-2-dekabr kunlari “Sog‘lom avlod uchun” kubogi uchun stol tennisi bo‘yicha XIII – Respublika o‘smirlar turniri ham o‘smirlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va sportga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otish, xalqaro maydonlarda munosib ishtirok eta oladigan sport ustalarini tayyorlash maqsadida Toshkent shahridagi Yakkasaroy tumanidagi 1-sonli bolalar va o‘smirlar sport maktabida tashkil etildi. Ushbu turnir “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari va Xalq taʼlimi vazirliklari, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi hamda O‘zbekiston stol tennisi Federatsiyasi hamkorligida har yili anʼanaviy tarzda o‘tkazib kelinmoqda. Mazkur yillar davomida turnir ishtirokchilari soni va saviyasi ancha ortdi. Ushbu turnirda Respublikamizning barcha viloyatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahridan 1-bosqichda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jami 56 nafar 2004-2005-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar qatnashdilar. Musobaqa ishtirokchilari juftlik va yakka tartibdagi musobaqalarda o‘zaro bellashdilar. Turnir juft razryad asosida qiz va o‘g‘il bolalar orasida Olimpiya, yaʼni o‘yinni tark etish tizimi bo‘yicha o‘tkazildi.