
“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi “Fridenzdorf Interneshnl”xalqaro tashkilot tashkiloti bilan xamkorlikda 2015-yilning 18-fevralida O‘zbekiston Respublikasidagi turli viloyatlardan 14 nafar bolalar davolash uchun Germaniyaga yuborildi. joriy yilning 22-fevral kuni sog‘lomlashtirilgan xolatda yurtimizga qaytdilar.
Jumladan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 26.05.2015-yildagi 10/103-128 sonli Germaniyaning tashrifi belgilangan dasturi davomida joriy yilning 18-25-iyun kunlari tibbiy ko‘rik o‘tkazish uchun yurtimizga tashrif buyurdilar. Bu tashrif dasturida bolalarni Germaniya klinikasida davolash uchun bolalar tanlab olindi. Respublikamiz bo‘yicha jami 505 nafar bolalar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Shulardan 30 nafar bolalar klinikada davolanish uchun tanlab olindi.
Shu jumladan 2015-yilning 19-avgust kuni fond xodimlari tomonidan 21 nafar bolalar tashxis uchun Germaniyaga jo‘nab ketdilar. Klinikaga tashrif davomida 20-22-avgust kunlari klinikaning tajribali shifokorlari tomonidan qaytadan ko‘rik o‘tkazdilar. joriy yilning 23-avgust kuni yurtimizga sog‘lomlashtirilgan holatda qaytdilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2016-yil 9-fevraldagi PQ-2487-sonli tasdiqlangan “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturining 22-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi yurtimizdagi bemor bolalarni chet el nufuzli klinikalarida sog‘lomlashtirish ishlarini amalga oshirmoqda. Bu borada Germaniyaning “Friedensdorf International” xalqaro tashkiloti bilan imzolangan hamkorlik bitimi doirasida 12 yoshgacha bo‘lgan bemor va nogiron bolalar Germaniya klinikalarida davolanadi va reabilitatsiya qilinadi. 2002-2016-yillar davomida 300 nafardan ortiq O‘zbekistonlik bemor bolalar terining kuyish asoratlari, tug‘ma qo‘l-oyoq bo‘g‘imlari va boshqa tashxislar bilan Germaniyaning nufuzli klinikalarida davolanishdi.
Germaniya Federativ Respublikasi shifokorlari yana yurtimizda“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi ana shunday xayrli ishlarni tashkil etishida yaqindan yordam berayotgan barcha homiy tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari xodimlariga o‘z minnatdorchiligini bildiradi va kelajakdagi hamkorlikka chorlaydi.