Koreya xalqaro sog‘liqni saqlash KOFIH jamg‘armasi bilan hamkorlik


Sog‘lom avlod uchun” fondi bir qator xalqaro hamkor tashkilotlar bilan birgalikda hukumatimiz qarorlari hamda Davlat dasturlari ijrosini taʼminlash uchun bemor va nogiron bolalarni sog‘lomlashtirish maqsadida qator loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. 2015-yil davomida fond mazkur yo‘nalishda Germaniyaning “Friedensdorf International” xalqaro tashkiloti, Janubiy Koreyaning “Save the Children” xalqaro jamg‘armasi, Koreya xalqaro sog‘liqni saqlash KOFIH jamg‘armasi, In Xa universiteti gospitallarida tug‘ma yurak nuqsoni, terining kuyish asoratlari, tug‘ma qo‘l-oyoq bo‘g‘imlari va boshqa tashxislar bilan og‘rigan O‘zbekistonlik bemor bolalarni bepul sog‘lomlashtirish ishlari olib borildi.

 

Koreya Respublikasi bilan  hamkorlik 2015-yil mobaynida

18-23-yanvar kunlari Koreya Respublikasining Ewha Womans University gospitali malakali shifokorlari (23 nafar professorlar-gemotolog, kardiolog, terapevt, otolaringolog, pediatr, stomotolog; terapevt, farmatsevt, tibbiyot hamshiralari, talabalar va volonterlar) tomonidan Respublikamizning bir necha hududlarida: (19-20-yanvar kunlari Fond Tibbiy-ijtimoiy markazida, 21-yanvar kuni Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumani bolalar shifoxonasida va 23-yanvar kuni Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani “Ariran” qariyalar uyida bemorlarni umumiy chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Aksiya davomida 529 nafar aholi, asosan bolalar va ayollar tibbiy ko‘rik bilan qamrab olindi.

17-22-may kunlari Koreya Respublikasining “Vision Care Servise” xalqaro tashkiloti shifokorlari (10 nafar tashkilot xodimlari, oftalmologlar, tibbiyot hamshiralari, volonter) tomonidan Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 19-21-may kunlari (soat 08:00 dan 19:00 gacha) Buxoro va Navoiy viloyatlarida istiqomat qiluvchi bemorlarni kataraktani bartaraf qilish va ko‘z gavharini almashtirish borasida umumiy chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi. xayriya aksiyasi davomida “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi va “Vision Care Servise” xalqaro tashkilotlari o‘zaro kelishuv memorandumi doirasida jami 707 nafar ko‘z sohasida kasalligi bo‘lgan bemorlar oftalmologik tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va 95 nafar bemorlarda kataraktani bartaraf qilish va ko‘z gavharini almashtirish jarrohlik amaliyotlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

20-may kuni Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasida Koreyasining “Junior Chamber International – JCI” va Cha universiteti qoshidagi Pundan Cha Gospitali malakali shifokorlari tash buyurifrishib, jami 50 nafardan ortiq tug‘ma yuq nuxsoni tashxisli bemorrak bolakrani umumi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi. Ushbu tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra og‘ir deb topilgan bemor bolalar keyinchalik Koreya Respublikasi nufuzli klinikalarida sog‘lomlashtiriladi.

Muruvvat yordami dasturi.

Jumladan, fond uzoq yillardan beri Koreya Respublikasining bir qator xalqaro tashkilotlari hamkorlikda keng ko‘lamda faoliyat olib bormoqda. 2015-yil mobaynida  Hamkorlik bitimlari doirasida xalqaro tashkilot “Save the Children” tomonidan oksiginator va uning butlovchi qismidan iborat muruvvat yordami keltirildi. Mazkur muruvvat yordamini umumiy qiymait 34,1 ming Aqsh dolloriga teng.