1998 yilda Hukumat nomidan "Sog‘lom avlod uchun" fondi "Ona va bola skriningi" millat genofondini saqlash bo‘yicha Davlat dasturi tashabbusi bilan chiqdi, uning asosiy maqsadi homila va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda irsiy va tug‘ma kasalliklarni aniqlash, ularni davolash va bolalikdan nogironlar tug‘ilishini oldini olishdir.
1998-2022 yillarda 5 (besh) Davlat dasturlari qabul qilindi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 01.04.1998 yil №140 sonli, 05.07.2002 yil №242 sonli qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 18.06.2008 yil №892 sonli, 12.03.2013 yil PQ-1935 hamda 25.12.2017 yil PQ-3440 qarorlari.
2023 yil 8 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-296 sonli qarori qabul qilindi, unda 2023-2028 yillarda bolalarda tug‘ma va irsiy kasalliklarni erta aniqlash chora-tadbirlari ko‘zda tutilgan, shuningdek, tibbiy genetika sohasida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish rejalashtirilgan, bu respublikamiz genofondini saqlash va yaxshilash imkonini beradi.
Hukumatning ushbu qarorlariga muvofiq "Sog‘lom avlod uchun" fondiga skrining markazlarini yuqori texnologiyali uskunalar, diagnostika to‘plamlari, dori-darmonlar, tibbiy ovqatlanish va malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha “Ona va bola” skrining dasturlarini amalga oshirish topshirildi.
Bugungi kunda ishonch bilan aytish mumkinki, ushbu Davlat dasturlari doirasida O‘zbekistonda Germaniya, Buyuk Britaniya, Daniya, Finlyandiya, Xitoy, Turkiya, Rossiya kabi rivojlangan davlatlar bilan bir qatorda., irsiy kasalliklarni aniqlash va davolash hamda tug‘ma nuqsonli bolalar tug‘ilishining oldini olishga imkon beradigan barqaror tizim yaratildi.
Bu haqiqatdan Respublikada 2000 yilga nisbatan genetik kasalliklar chastotasi va tug‘ma nuqsonli bolalar soni 2,5 baravar kamaygani va umuman, mamlakat genofondida yaxshilanish kuzatilayotgani tasdiqlaydi.
Fond har yili nashr ustida ishlaydi kabi mavzularda 40,000 dan ortiq bukletlar "Qarindoshga quda bo‘lmang"; "Skrining nima?"; "Shaxsiy gigiena" va boshqalar.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.02.1996 yildagi 71-sonli "O‘zbekiston Respublikasida tibbiy-ijtimoiy yordam brigadasi tizimini tashkil etish to‘g‘risida" qarori qabul qilindi.TIBBIY VA IJTIMOIY YoRDAM BRIGADASINING MAQSADI Oilalar va shaxslarning, ayniqsa qishloq joylarda tibbiy va ijtimoiy yordamga bo‘lgan ehtiyojlarini doimiy va tizimli o‘rganish va qondirish.
“Sog‘lom avlod uchun” fondi ko‘chma tibbiy-ijtimoiy yordam brigadasining 2023 yil davomidagi ish faoliyati.
“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi ko‘chma tibbiy – ijtimoiy yordam brigadalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil
22 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida tibbiy – ijtimoiy patronaj tizimini tashkil etish” to‘g‘risidagi 71-sonli qarori ijrosini amalga oshirish davrida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga xayriya yordami ko‘rsatish maqsadlarida faoliyat ko‘rsatib, ya'ni har bir oilaning, ayniqsa chekka qishloq va aholi punktlaridagi oilalarning ijtimoiy – iqtisodiy va tibbiy jihatlarini doimiy va rejali ravishda o‘rganib, monitoring olib bordilar.
2023 yilda Fondning 14 ta ko‘chma tibbiy – ijtimoiy yordam brigadalari va Tibbiy-ijtimoiy markaz tomonidan Respublika bo‘yicha 1 376 ta qishloq va 3 083 ta mahallalardagi oilalarning ijtimoiy sharoiti, oila a'zolarining ayniqsa, tug‘ish yoshidagi ayollar, bolalar va o‘smirlarning sog‘ligi o‘rganildi. Hisobot davrida ko‘chma brigadalar tomonidan 26 608 ta oilalarning tibbiy – ijtimoiy holati o‘rganilib, 206 342 nafar aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Tibbiy ko‘rikdan o‘tganlar orasida: 110 769 (sh.j. 68 602 nafar tug‘ish yoshida va 42 167 nafari qariya ayollar); bolalar 54 863 nafar ; 15 396 ( 12 782 nafari o‘smir qizlar); erkaklar 25 314 nafarni tashkil qildi. Tibbiy ko‘rik davomida Fondning ko‘chma tibbiy – ijtimoiy yordam brigadasi xodimlari va mahalla boshqarmalari bilan birgalikda bolalar, o‘smirlar va ayollar uchun tibbiyotdagi dolzarb muammolar haqida 127 003 aholi o‘rtasida 5 056 ta ma'ruzalar va davra suhbatlari o‘tkazildi. Mazkur suhbat va ma'ruzalar zamonaviy mul'timedia texnologiyalari qo‘llanilgan holda slayd va videofil'mlar namoyishi hamda interfaol uslubda ham o‘tkazildi.
Fondning hududiy filiallari tomonidan o‘rta maxsus hamda oliy o‘quv muassasalarida va mahallalarda sog‘liqni saqlash va FHDYo bo‘limi xodimlari ishtirokida “Sen sog‘lom turmush tarzini tanla!”, “Istalmagan homiladorlikni oldini olish”, “Abortni oldini olish”, “Zamonaviy kontrasepsiya vositalari”, “Erta va qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari”, “35 yoshdan oshgan ayollarga tug‘ruqlarning salbiy oqibatlari”, “Farzand salomatligi o‘z qo‘limizda”, “Skrining tekshiruvini bilasizmi?” mavzuida kechalar, uchrashuv va seminarlar tashkil etildi.
Tibbiy ko‘rik davomida fondning ko‘chma tibbiy – ijtimoiy yordam brigadalari xodimlari tomonidan bolalar, o‘smirlar va ayollar uchun tibbiyotdagi dolzarb muammolar haqida 127 003 aholi o‘rtasida 5 056 ta ma'ruzalar va davra suhbatlari o‘tkazildi. Ma'ruzalarning asosiy mavzulari quyidagicha: “Reproduktiv salomatlik xaqida”, “Erta nikohning salbiy oqibatlari”, “Qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlar va irsiy kasalliklar kelib chiqishining oldini olish”, “Yod tanqisligi kasalliklari”, “OITS-bu nima?”, “Giyohvandlik va uning asoratlari”, “Skrining tekshiruvlari xaqida”, “O‘smir qizlar orasida reproduktiv salomatlikni saqlash va o‘smir qizlar gigienasi”, Zamonaviy kontrasepsiya vositalari va ulardan to‘g‘ri foydalanish”, “Kamqonlik va uning oldini olish”, “Infeksion va parazitar kasalliklar profilaktikasi”. Mazkur suhbat va ma'ruzalar zamonaviy mul'timedia texnologiyalari qo‘llanilgan holda slayd va videofil'mlar namoyishi hamda interfaol uslubda ham o‘tkazildi. Tadbirlar davomida aholiga “Sog‘lom avlod uchun” fondi tomonidan chop etilgan sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etuvchi 54 181 dona buklet va risolalar tarqatildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 31 yilligini va Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora - tadbirlari to‘g‘risida” 2022 yil 14dekabrdagi F-92-sonli farmoyishi ijrosini ta'minlash yuzasidan“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi tomonidan 2023 yil davomidamobaynida Jami 164 ta harbiy qismlardagi 14752 nafar xarbiylar va ularning oila a'zolari chuqur tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ulardan ayollar 6927nafar, bolalar 57342 nafarni, o‘smirlar 743 nafarni, erkaklar 1348 nafarni tashkil etdi. Harbiy qismlarda o‘tkazilgan ma'ruza va suhbatlar 320 tani, ishtirokchilar soni 8339 nafarni tashkil etdi. Tibbiy ko‘rik davomida harbiy xizmatchilar oila a'zolari ul'tratovush tekshiruvi, elektrokardiografiya tekshiruvi, ayollarga kol'poskopiya tekshiruvlari o‘tkazildi.