Fondga 2023 yil davomida 22,1 million AQSh dollari va 6,8 milliard so‘mdan ortiq 45 ta muruvvat yuklar jalb qilindi, respublika davolash tizimi orqali ijtimoiy yordamga muxtoj oilalarga tarqatildi, shu jumladan:
“AmeriSares” xalqaro tashkilotidan (AQSh) jami 21,4 mln. AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan dori-darmon, ko‘zoynak, antibiotik, vitaminlar va tibbiy asboblardan iborat 14 ta muruvvat yordami yuklari;
“Resource and Policy Exchange” xalqaro tashkilotidan (AQSh) jami
423 ming AQSh dollari bo‘lgan 131,3 tonna vitaminga boyitilgan quritilgan sabzavot sho‘rvalari keltirilib, mamlakatimizdagi ijtimoiy soha muassasalariga yetkazib berilgan;
Kompaniya Norvale Compani LTD tashkilotidan jami 38,95 mln so‘mlik kanstovar va papkalar;
Turkiyaning hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi "TIKA bilan hamkorlik (Turkiya Respublikasi) 103,28 mln so‘mlik sport inventarlar va kanstovarlar.
Shuningdek mamlaktimizda faoliyat yuritayotgan xorijiy va mahalliy korxonalardan jami 6,8 milliard so‘mlik dori-darmonlar va sanitariya-gigiena vositalaridan iborat muruvvat yuklari olindi, jumladan:
“JURABEK LABORATORIES” MChJ – 3 734,0 mln. so‘m miqdoridagi dori-darmonlar;
“WINGS DISTRIBUTION COMPANY” MChJ - 1 693,5 mln. so‘m miqdoridagi gigienik vositalar;
"MEROS PHARM TASHKEHN" MCHJ – 720,1 mln. so‘m miqdoridagi dori-darmonlar;
"O`ZBEKISTON DORI - TA`MINOTI" MCHJ - 27 mln. so‘m miqdoridagi dori-darmonlar;
“Dori-Darmon” AK – 164,6 mln. so‘m miqdorida dori-darmonlar va boshqalar.
DENDROBIUM COSMETICS MCHJ - 47,8 mln. so‘m miqdoridagi gigienik vositalar;
“VEF SAU” ShK – 207,3 mln. so‘m miqdoridagi dori-darmonlar;
"MEDIAPARK GROUP” MCHJ - 0,36 mln. so‘m miqdoridagi komp'yuter jixozi.
Qayd etish joizki, yuqoridagi barcha insonparvarlik yordami yuklari, shu jumladan antibiotiklar, vitaminlar, ayollar uchun anemiyaga qarshi dori vositalari, yurak-qon tomir dori vositalari, nafas olish apparatlari, nogironlik aravachalari, shprislar va tibbiyot buyumlari mamlakatimizdagi 350 dan ortiq davolash-profilaktika muassasalari va Fondning Tibbiy-patronaj brigadalari orqali tarqatildi. “Sog‘lom avlod uchun” Fondning tibbiy-ijtimoiy patronaj ko‘chma brigadalari hamda “O‘zbekiston temiryo‘llari” aksiyadorlik jamiyati bilan hamkorlikda har yili o‘tkaziladigan “Salomatlik poezdlari” aksiyalari orqali aholiga manzilli yordamlar ko‘rsatilib kelinmoqda.