Maʼlumot o‘rinida aytib o‘tish joizki, 2018-yilning 16-21-yanvar kunlari Toshkent – Andijon – Toshkent yo‘nalishida Andijon viloyatiga “Salomatlik” poyezdi tashkil etiib, tibbiy mutaxassislar tomonidan 734 nafar aholi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Aksiya davomida viloyatdagi tibbiy va ijtimoiy muassasalarga shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga manzilli ravishda oziq-ovqat paketlari (200 dona) hamda tibbiy ko‘riklardan o‘tgan aholiga jami 1 mlrd. 312 mln. so‘mlik insonparvarlik yordami tarqatildi. Shuningdek, joriy yilning 21-29-mart kunlari Toshkent–Tinchlik–Konimex–Kara-kata–Mustaqillik–Buzouboy–Uchquduq II–Toshkent yo‘nalishida “Salomatlik” poyezdi tashkil etildi. Navoiy viloyatiga amalga oshirilgan aksiya davomida mutaxassislar tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj 1 923 nafar aholi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, 2 425 nafar aholiga hamda 14 ta tashkilot, muassasalariga 491 mln. so‘m miqdoridagi insonparvarlik yordamlari yetkazib berildi. 2018-yilning 19-27-aprel kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasining aholiga tibbiy hamda insonparvarlik yordami ko‘rsatish maqsadida Toshkent – Qoraqalpog‘iston – Jasliq – Toshkent yo‘nalishida “Salomatlik”poyezdi tashkil etildi. Ushbu xayriya aksiyasi davomida mutaxassislar tomonidan 2 885 nafar aholi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi hamda aholoi, davolash profilaktika muassasalariga jami 2 mlrd. 972 mln.so‘mlik muruvvat yuklari yetkazib berildi.
Navbatdagi “Salomatlik” poyezdi uchun “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan maxsus vagonlar taqdim etilib, yuqori malakali shifokorlar guruhi aholiga zarur tibbiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatish maqsadida 15-may kuni soat 21:00 da Toshkent Janubiy vokzalidan yo‘lga chiqdi. Ushbu malakali shifokorlar bilan birga joylarda fondning Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari ko‘chma tibbiy-ijtimoiy yordam brigadasi xodimlari ham aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatadi. Ushbu insonparvarlik yordami 7 mlrd. 842 mln. 411 ming so‘mlik oziq-ovqat, kiyim-kechak, dori-darmon, tibbiyot anjomlari va jihozlari, nogironlik aravachalari, sanitariya-gigiyena vositalaridan iborat muruvvat yordamlaridan tashkil topgan.
Mazkur poyezd o‘z rejasi davomida borishi ko‘zda tutilgan Sariosiyo, Qumqo‘rg‘on, Boysun, Darband, Oqrabod, Dehqonobod stansiyalariga yaqin hududlaridan tashqari fondning Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hududiy filiali ko‘chma tibbiy-ijtimoiy yordam brigadasi orqali hududdagi markaziy shifoxonalar, viloyat bolalar va tug‘ruq komplekslariga hamda ko‘zi ojiz, aqli zaif va kar-soqov bolalar maxsus maktab internatlariga o‘z yordamini ko‘rsatishi rejalashtirilgan.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad – ekologik jihatdan noqulay sharoitda istiqomat qiluvchi aholini ayniqsa ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga, shuningdek, chekka qishloqlarda yashayotgan ayollar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, aholining tibbiy savodxonligini oshirish hamda muruvvat harakatini rivojlantirish ishiga keng jamoatchilik eʼtiborini jalb etish.
Tadbir homiylari: AQSHning “Resource and Policy Exchange”, “AmeriCares”, “Toms Shoes” xalqaro tashkilotlari, Germaniya Federativ Respublikasining “Tovarish – Hilfe fuer kinder” xalqaro tashkiloti, “Navro‘z PTK” MCHJ, “AGRO BIO KIMYO” MCHJ, “Jahon invest plast” MCHJ, “BEST CARE INDUSTRIES” MCHJ va boshqalar.
“Sog‘lom avlod uchun” fondi ushbu xayriya tadbirini amalga oshirishda yaqindan yordam bergan barcha tashkilot va homiylarga hamda ommaviy axborot vositalariga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.