Maʼlumot o‘rinida aytib o‘tish joizki, 2018-yilning 16-21-yanvar kunlari Toshkent – Andijon – Toshkent yo‘nalishida Andijon viloyatiga “Salomatlik” poyezdi tashkil etiib, tibbiy mutaxassislar tomonidan 734 nafar aholi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Tibbiy ko‘rik bilan bir qatorda “Salomatlik” poyezdining faoliyati davomida viloyatdagi tibbiy va ijtimoiy muassasalarga shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga manzilli ravishda oziq-ovqat paketlari (200 dona) hamda tibbiy ko‘riklardan o‘tgan aholiga alohida kiyim-kechak, dori-darmon, vitamin, tibbiyot jihozlari, sanitariya-gigiyena vositalaridan iborat jami 1 mlrd. 312 mln. so‘mlik insonparvarlik yordami tarqatildi. Shuningdek, joriy yilning 21-29-mart kunlari Toshkent–Tinchlik–Konimex–Kara-kata–Mustaqillik–Buzouboy–Uchquduq II–Toshkent yo‘nalishida “Salomatlik” poyezdi tashkil etildi. Navoiy viloyatiga amalga oshirilgan “Salomatlik” poyezdi aksiyasi davomida mutaxassislar tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan 1 923 nafar aholi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, 2 425 nafar aholiga hamda 14 ta tashkilot, muassasalariga 491 mln. so‘m miqdoridagi oziq-ovqat, dori-darmon, tibbiy jihozlar, sanitariya-gigiyena vositalari, oyoq kiyimlar, buklet, tibbiy anjom, ortopedik moslama, nogironlik aravachasi, hassa, uy ro‘zg‘or buyumlari, o‘yinchoq va kitoblardan iborat insonparvarlik yordamlari yetkazib berildi.
Navbatdagi “Salomatlik” poyezdi uchun “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan maxsus vagonlar taqdim etilib, yuqori malakali shifokorlar guruhi aholiga zarur tibbiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatish maqsadida 19-aprel kuni soat 18:05 da Toshkent Markaziy vokzalidan yo‘lga chiqdi. Ushbu malakali shifokorlar bilan birga joylarda fondning Qoraqalpog‘iston Respublikasi ko‘chma tibbiy-ijtimoiy yordam brigadasi xodimlari ham aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatadi. Ushbu insonparvarlik yordami umumiy qiymati 2 mlrd. 844,9 mln. so‘mlik oziq-ovqat, kiyim-kechak hamda dori-darmon va tibbiyot anjomlari, tibbiyot jihozlari, sanitariya-gigiyena vositalaridan iborat muruvvat yordamlaridan tashkil topgan.
Mazkur poyezd o‘z rejasi davomida borishi ko‘zda tutilgan Qoraqalpog‘iston, Jasliq, stansiyalarining yaqin hududlaridan tashqari fondning Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy filiali ko‘chma tibbiy-ijtimoiy yordam brigadasi orqali hududdagi markaziy shifoxonalar, viloyat bolalar va tug‘ruq komplekslariga hamda ko‘zi ojiz, aqli zaif va kar-soqov bolalar maxsus maktab internatlariga o‘z yordamini ko‘rsatishi rejalashtirilgan.
Tadbirdan ko‘zdangan asosiy maqsad – ekologik jihatdan noqulay sharoitda istiqomat qiluvchi aholini ayniqsa ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga, shuningdek, chekka qishloqlarda yashayotgan ayollar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, aholining tibbiy savodxonligini oshirish hamda muruvvat harakatini rivojlantirish ishiga keng jamoatchilik eʼtiborini jalb etishdir.
Tadbir homiylari: GFRning “Friedensdorf International” va “Tovarish-Hilfe fuer kinder” tashkilotlari, AQSHning “Resource and Policy Exchange”, “AmeriCares”, “Toms Shoes” tashkilotlari, “Sharq nashryoti” AJ, “Jahon invest plast” MCHJ, Respublika “Hunarmandlar” uyuushmasi, “Chori plast” MCHJ, “Agro bio kimyo” MCHJ, “Best care industries” MCHJ, “B.H.T” MCHJ, “NAVRO‘Z-PTK” MCHJ va boshqalar.
“Sog‘lom avlod uchun” fondi ushbu xayriya tadbirini amalga oshirishda yaqindan yordam bergan barcha tashkilot va homiylarga hamda ommaviy axborot vositalariga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.