Tibbiy ko‘rik “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning “Salomatlik tibbiy-sanitariya yordam poyezdi” shifokorlari, fondning
“Salomatlik poyezdi” mutaxassislari tomonidan Andijon viloyati Paxtaobod tumanidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj jami 734 nafar aholi chuqur tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularga 2 334 ta tor mutaxassislik bo‘yicha konsultatsiyalar berildi: (terapevt – 542 nafar, pediatr – 197 nafar, ginekolog – 245 nafar, neyroxirurg – 12 nafar, lor – 328 nafar, okulist – 257 nafar, xirurg – 94 nafar, nevropatolog – 532 nafar, koj-venerolog – 37 nafar, onkolog – 25, endokrinolog – 65). Shifokorlar tomonidan kasalligi aniqlangan bemorlarga sog‘lomlashtirish yuzasidan tavsiya va maslahatlar berilib, viloyat va tuman shifoxonalariga davolanish maqsadida yo‘naltirildilar.
Jumladan, tibbiy ko‘rik bilan qamrab olingan aholining 317 nafari ayollar (ulardan 182 nafari tug‘ish yoshidagi ayollar), 197 nafari bolalar va 274 nafari nafaqadagilar, 92 nafari esa nogironlarni tashkil etdi.
Shuningdek, fondning viloyat filiali ko‘chma tibbiy-ijtimoiy yordam brigadalari hamkorligida jami 750 nafar aholiga dori-darmon, uy-ro‘zg‘or buyumlari, kiyim-kechak, bolalar tagliklari va sanitariya-gigiyena vositalaridan iborat insonparvarlik yordamlari yetkazib berildi.