5 - 13 - MAY KUNLARI AMALGA OSHIRILGAN “SALOMATLIK POYEZDI” FAOLIYATI BO‘YICHA MAʼLUMOTNOMA
O‘sib kelayotgan yosh avlodni jismonan sog‘lom va maʼnan yetuk, yuksak salohiyatli etib tarbiyalash, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini malakali tibbiy xizmat bilan qamrab olish maqsadida “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi va “O‘zbekiston temir yo‘llari”

DAK bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 18-fevraldagi PQ-2302-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Keksalarni eʼzozlash” Davlat dasturi to‘g‘risidagi qarori ijrosini taʼminlash yuzasidan Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarining chekka hamda ekologik jihatdan noqulay hududlarida istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga malakali tibbiy yordam ko‘rsatish va insonparvarlik yordamlarini yetkazib berish maqsadida 2015-yilning 5-13-may kunlari Toshkent – Surxondaryo (Sariosiyo-Qumqo‘rg‘on-Boysun-Darband) – Qashqadaryo (Oqrabot-Dehqonobod) – Toshkent yo‘nalishida “Salomatlik poyezdi” tashkil etildi.