Yangi yil bayrami va qishki taʼtilni maroqli o‘tkazish bo‘yicha
“Sog‘lom avlod uchun” Xalqaro xayriya fondi va uning hududiy filiallari tomonidan “Yangi yil” bayrami va bolalarni qishki taʼtil vaqtlarini mazmunli va maroqli o‘tkazish yuzasidan o‘tkazilgan tadbirlar M A ʼ L U M O T I

Fondning Markaziy Apparati O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda 23-dekabr kuni kam taʼminlangan oilalar farzandlari uchun Fondning Toshkent shahar tayanch maskani rahbari maʼsuligida Estrada – sirk kollejida “Qorbobo va qorqiz” tomosha tashkil etildi. Tadbirda jami 50 nafar oilalar farzandlari ishtirok etishdi. 26-dekabr kuni 23 – Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun “Sen yolg‘iz emassan” jamoat fondi maʼsuligida O‘zbekiston Yoshlar teatrida bolalar uchun “Piter Pening qorboboga yozgan maktubi” nomli spektaklga maxsus taklifnoma bilan bepul tashriflari uyushtirildi. Tadbirda jami 40 nafar mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari ishtirok etishdi. 28-dekabr – 10-yanvar kunlari O‘zbek Milliy Akademik Dramma teatrida 21,22,23, 30 – Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun “Yangi yil” ertagi nomli tomoshalariga bepul tashriflari tashkil etildi. Tadbirda jami 350 nafar bolalar ishtirok etishdi. 30-dekabr – 6-yanvar kunlari O‘zbek Davlat Satira teatrida Toshkent shahridagi 30 va 21 – Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari hamda Toshkent viloyatidagi 14 va 15 joylashgan Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun “Qorqizning sarguzashtlari” nomli tomoshasiga mahsus taklifonamalar bilan bepul tashriflari tashkil etildi. Tadbirda jami 300 nafar bolalar ishtirok etishdi. 4 – 11-yanvar kunlari Rus Dramatik teatri va O‘zbekiston Musiqali komediya teatrlarida “Qizil gul” nomli spektaklga Toshkent shaxridagi barcha mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, ijtimoiy ximoyaga muxtoj oila farzandalari, kam taʼminlangan oilalar farzanlari ishtiroki taʼminlandi. Tomoshalarda jami 450 nafar bolalar ishtirok etdilar.

5-yanvar kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Davlat Akademik Katta teatrida “Zolushka” spektakliga Fond va Tibbiy ijtimoiy markaz xodimlarining farzandlari uchun maxsus taklifnoma bilan bepul tomoshalar tashkil etildi. Tadbirda jami 50 nafar bolalar ishtirok etishdi. 7-yanvar kuni Yosh tomoshabinlar teatri va Silk Route Marionettes marionetka teatrlarida “Yangi yil archasi, qor parchasi” va “Gans va Grettel” ertak spektaklariga 30 va 22 mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari maxsus taklifnomalar bilan bepul tashriflari amalga oshirildi. Tadbirda jami 100 nafar bolalar ishtirok etishdi. Shuningdek, Fond va xomiylar yordamida Yangi yil bayrami munosabati bilan Toshkent shahridagi 23 va 30 Mehribonlik uylariga xayriya aksiyasi sifatida maiishiy texnika buyumlari, bolalar uchun badiiy kitoblar,shirinliklar hamda sanitar – gigiyenik vositalar topshirildi.