Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasining 2019-yil 10 – apreldagi 22 – sonli majlisi
Fond va uning hududiy filiallari tomonidan 2019-yil yanvar-dekabr oylari davomida quyidagi tadbirlar amalga oshirildi.

Fond Markaziy apparati tomonidan, 3-10-yanvar kunlari Toshkent shahri bo‘ylab uyushtirilgan ko‘chma sirk tamoshalariga, “Qo‘g‘irchoq teatri”da, “Yosh tamoshabinlar teatri”da bo‘lib o‘tgan “Yangi yil” tadbirlariga jami 52 nafar boquvchchisi yo‘q, kam taʼminlangan oila farzandlarini vaqtlarini ko‘ngilli o‘tkazishlari uchun bepul ishtiroklari taʼminlandi. 29-may kuni Respublika “Mahalla” fondi bilan hamkorlikda Toshkent shahri Uchtepa va Yunusobod tumanlarida istiqomat qiluvchi 12-14 yoshli o‘smirlar o‘rtasida “Sog‘lom avlod uchun” kubogi uchun mini futbol musobaqalari o‘tkazildi. Festivalda jami 100 nafardan ortiq 2005-2007-yillarda tug‘ilgan o‘smir bolalar qatnashishdi.

28-may kuni “Har bir farzandga mehr-eʼtibor” shiori ostidagi haftalik doirasida “Sog‘lom avlod uchun” fondi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Respublika “Sen yolg‘iz emassan” bolalar jamoatchilik jamg‘armasi, Toshkent shahri va viloyati hokimliklari hamkorlikdagi anʼanaviy tadbirlardan biri “Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilari uchun Toshkent shahridagi “Ashxobod” saylgohida xayriya tadbiri o‘tkazildi. Bayram tadbirida Toshkent (14 va 15-sonli “Mehribonlik” uylari) va Sirdaryo (Guliston bolalar shaharchasi) viloyatlari hamda Toshkent shahridagi (21, 22, 23 va 30-sonli “Mehribonlik” uylari va SOS O‘zbekiston Bolalar mahallalari) jami 1 000 nafardan ortiq “Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilari va Mudofaa va Ichki ishlar vazirliklari tizimida o‘z hizmat burchini bajarish vaqtida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning farzandlari, ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan, kam taʼminlangan oilalar farzandlari uchun barcha ko‘ngilochar atraksionlar bepul tashkil etildi.