Fond va uning hududiy filiallari tomonidan 2019-yil yanvar-dekabr oylari davomida quyidagi tadbirlar amalga oshirildi.
Fondning Markaziy Apparati tomonidan “3-dekabr “Xalqaro nogironlan kuni” munosabati bilan ijtimoiy himoyaga muhtoj va imkoniyati cheklangan shaxslar uchun joylarda xayriya tadbirlari o‘tkazib kelmoqda

Harakatlar strategiyasini taʼminlash maqsadida ijtimoiy himoyaga muhtoj va imkoniyati cheklangan shaxslarning yordamchi va reablitatsiya texnika vositalari bilan taʼminlanganligini oshirish bo‘yicha kompleks tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.

Mazkur xayrli ishlarni davom ettirish maqsadida, 2019-yilning 4-dekabr kuni Toshkent Fotolar uyida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida istiqomat qiluvchi imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun xayriya tadbiri o‘tkazildi. Tadbir doirasida imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maxsus nogironlik aravachalari va uning ehtiyot qismlari, oziq – ovqat paketlari topshirildi. Taqdim etilgan nogironlik aravachalari AQSHning “AmeriCares” xalqaro tashkiloti tomonidan yuborilgan.

Ushbu xalqaro tashkilot tomonidan 2018-2019 yillar davomida jami 520 dona nogironlik aravachalari yuborilgan bo‘lib, ular joylardagi Sog‘liqni saqlash boshqarmalari, Xotin-qizlar qo‘mitalari va “Mahalla” fondi bo‘limlari orqali tarqatildi.

Fondning Qoraqalpog‘iston Respublikasi xududiy filiali tomonidan 2019-yilning noyabr-dekabr oylarida Fond va tuman tayanch maskanlari, Sog‘likni saqlash boshqarmasi, Xalq taʼlimi boshqarmasi, Nukus shaxri “Xotin qizlar Muruvvat” uyi, O‘zbekiston Respublikasi Karlar jamiyati Koraqalpog‘iston bo‘limi bilan xamkorlikda tumani “3-sonli aqli zayf maktab internati”da tarbiyalanuvchilariga xomiy tashkilotlar bilan birgalikda bayram dasturxonlari va konsert dasturlari tashkil etildi.