Sport – salomatlik garovi. U ruhning tetikligini, tanning salomatligini taʼminlaydi. Shu boisdan ham sog‘lom va har tomonlama barkamol avlod tarbiyasida sportning o‘rni beqiyosdir. Yurtimizda bolalar va o‘smirlar sporti rivojiga alohida ahamiyat berib kelinmoqda. Turli-tuman sport musobaqalarini tashkil etish orqali yoshlarni ommaviy tarzda sportga jalb etishga erishilmoqda.
O‘zbekistonga stol tennisi 1957-yilda kirib kelgan bo‘lib, hozirgi kunda esa stol tennisi Federatsiyasining 207 ta bo‘limlari mavjuddir. Mazkur sport turi bilan o‘g‘il bolalar 12956 va qiz bolalar 12504 jami Respublikamiz yoshlaridan 25460 mingdan ortiq bolalar shug‘ullanishadi va ularning soni yildan-yilga ortib bormoqda. Hozirgi kunga qadar stol tennisi sport turi bo‘yicha respublikada 500 ta chempion yetishib chiqdi. Andijon, Namangan, Farg‘ona, Samarqand, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahri sportchilari xalqaro turnir va musobaqalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritib, yurtimiz sharafini himoya qilmoqdalar.