O‘sib kelayotgan yosh avlodni jismonan, sog‘lom va intellektual shaxs etib tarbiyalash, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga tibbiy xizmat ko‘rsatishga davlat miqyosida eʼtibor qaratilayotganini eʼtirof etgan holda, taʼkidlab o‘tish joizki, bu g‘amxo‘rlikni Respublikamizning barcha hududlarida ko‘rish mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 19-fevraldagi PQ-2133-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturining 24-bandida ko‘rsatilgan chekka hududlardagi va borish qiyin bo‘lgan tumanlar aholisini tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadalari tomonidan chuqur tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, ularga manzilli muruvvat yordamini ko‘rsatish, Respublikaning ekologik noqulay hududlari aholisiga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish uchun “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” DATK birgalikda Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari aholisi uchun Toshkent – Sariosiya – Qumqo‘rg‘on – Boysun – Oqrobod – Dehqonobod – Toshkent yo‘nalishidagi “Salomatlik” poyezdi 2014-yil 17-23-may kunlari tashkil etildi.