Jumladan Fondning Xorazm viloyati hududiy filiali ko‘chma tibbiy-ijtimoiy yordam brigadasi tomonidan 22-28-aprel kunlari Urganch shahrida istiqomat qiluvchi 1941-1945-yillarda jahon urushi qatnashchilari va mehnat faxriylari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. “Sog‘lom avlod uchun” fondi tomonidan 2066 dona 15895,6 ming so‘mlik muruvvat yordami sifatida dori-darmonlar tarqatildi.
23-aprel kuni Xazarosp tumani Yangibozor qishloq vrachlik punkti hududida yashovchi II-jahon urushi qatnashchilari Qurbonov Saidnazar (vafot etgan) va Yusupov Raxim (vafot etgan)lar oila aʼzolari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. “Sog‘lom avlod uchun uchun” fondi tomonidan 600 dona 3127,6 ming so‘mlik muruvvat yordami sifatida dori-darmonlari tarqatildi. 27-aprel kuni Urganch shahar 11, 14, 15, 17 va 18-son maxallalarida yashovchi 5 nafar II-jahon urushi qatnashchilari va ularning oila aʼzolari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. “Sog‘lom avlod uchun uchun” fondi tomonidan 402 dona 7696,5 ming so‘mlik muruvvat yordami dori-darmonlari tarqatildi. 28-aprel kuni Urganch shahar 22, 27, 29, 31 va 37-sonli mahallalarda yashovchi 5 nafar II-jahon urushi qatnashchilarining oila aʼzolari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. 435 dona 8327,8 ming so‘mlik muruvvat yordami sifatida dori-darmonlar tarqatildi. 21-aprel va 1-may kunlari II-jahon urushi qatnashchilaridan hisoblangan Urganch shahrida Najimddin Kubro ko‘chasi 18-uy 3-xonadonda istiqomat qiluvchi Xaitboyev Yusuf otaga hamda Xonqa tumani Tomadurvadik qishlog‘i “Toma” mahallasida istiqomat qiluvchi Bobojonov Kenja otalarga nogironlik aravachalari berildi. “Sog‘lom avlod uchun” fondi tomonidan 161,8 ming so‘m mablag‘ sarflandi. 8-may kuni Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda 9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati tadbirida Shovot, Urganch, Xiva, Yangiariq va Gurlan tumanlarida istiqomat qiluvchi II-jahon urush qatnashchilaridan 5 nafariga nogironlik aravachalari tarqatildi.