O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-dekabrdagi F–92-son
farmoyishini o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash maqsadida Favqulodda vaziyatlar
vazirining 2022-yil 17-dekabrdagi 597-son buyrug‘i qabul qilinib, chora-tadbirlar rejasi
tasdiqlandi.
Farmoyish bilan tasdiqlangan 2-ilovaning 47-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida,
hududiy boshqarmalar va tarkibiy tuzilmalarga vazirlikning 2023-yil 21-noyabrdagi
5/5/33-1838-sonli ko‘rsatmasi yuborildi.
Ko‘rsatmaga muvofiq, joriy yilning noyabr-dekabr oylarida “Sog‘lom avlod
uchun” xalqaro fondi va uning hududiy filiallari malakali mutaxassislari tomonidan tibbiyma’rifiy tadbirlar kompleksi hamda zamonaviy diagnostika va davolash uskunalaridan
foydalangan holda vazirlik harbiy xizmatchilarining jami 1 032 nafar oila a’zolari va xotinqizlar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, beg‘araz dori vositalari bilan
ta’minlandi.