"SAN'AT G'UNCHALARI" XXV Respublika tanlovi

2024 yil 24-mart kuni soat 09:00 da O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa akademik litseyining faollar zalida "SAN'AT G'UNCHALARI" XXV Respublika tanlovining tantanali ochilish ma'rosimi bo'lib o'tdi. 
Ochilish marosimiga O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, ta'lim jarayonini tashkillashtirish bo'limi boshlig'i, polkovnik Shuman Aleksandr Albertovich, 
O'zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi raisi Rustam Abdullayev va yana ko'plab mehmonlar taklif etildilar.