"Sog‘lom avlod uchun” fondi va “Resource and Policy Exchange” (AQSh) o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomalarga muvofiq, USAID tomonidan ajratilgan mablag‘ hisobidan “Tinchlik uchun oziq-ovqat” loyihasi 2010-yilda muvaffaqiyatli amalga oshirildi. 2010-2023 yillar mobaynida vitamin va minerallar bilan boyitilgan quruq sabzavotli sho'rvalar shaklida insonparvarlik yuklari jami 1 ming 557,96 tonnadan iborat 4 million 423,5 ming AQSH dollaridan ortiq mablag‘ o‘z vaqtida taqsimlanib, O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy muassasalariga yetkazib berildi hamda tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘chma brigadalari orqali tarqatilindi.
Mazkur loyihaning davomi sifatida 2024-yil 20-iyundagi “Sog‘lom avlod uchun” fondi va “Resource and Policy Exchange” (AQSh) hamkorlik to‘g‘risidagi bitim asosida 2024-yilning iyul-avgust oylarida umumiy qiymati 422,85 ming AQSH dollariga teng 131,3 tonna vitamin va minerallar bilan boyitilgan quruq sabzavotli sho‘rvalar shaklida navbatdagi gumanitar yuk kelib tushdi. Ushbu insonparvarlik yuklari Maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Sog‘lomlashtirish vazirligining tasdiqlangan qo‘shma taqsimotiga asosan viloyatlar markazlariga va ijtimoiy muassasalarga yetkazib beriladi. Loyiha doirasida “Resource and Policy Exchange” (AQSh) nodavlat notijorat tashkiloti har yili grant ajratadi.
Ushbu yuk yetib kelganligi va hududlarga yetkazib berish bo‘yicha ishlar boshlandi.