“Ramazon oyi — mеhr-saxovat oyi”

Surxondaryo viloyatida 500 ta oziq-ovqat to‘plami tarqatildi: 

Ramazon – g‘amxo‘rlik va qo‘llab-quvvatlash ayniqsa muhim bo‘lgan davr. BugunSurxondaryo viloyatida biz 500 ta oziq-ovqat to‘plamini tarqatib, 1000 nafarga yaqin insonni qamrab oldik. Ushbu insonlar ayni damda eng ko‘p ehtiyoj sezayotganlar.

Bu xayriya tadbiri Sog‘lom Avlod Uchun ko‘magida, ONA Fondi va Mirakhmedov Foundationning qo‘shma loyihasi doirasida amalga oshirildi. Birgalikda biz qiyin ahvolda qolgan oilalarning uylarini iliqlik va ertangi kunga ishonch bilan to‘ldira oldik.

Har bir tarqatilgan quti – bu shunchaki oziq-ovqat emas. Bu – umid. Bu – inson yolg‘iz emasligini eslatib turuvchi ramz. Bugun biz minnatdorchilik so‘zlarini eshitdik, ko‘zlardagi quvonch va yengillik yoshlarini ko‘rdik.

Ushbu Ramazon ushbu oilalarga nur va tinchlik olib kelsin. Ularning yuraklari iliqlik bilan to‘lsin, barcha duolar ijobat bo‘lsin va har kuni baraka bilan o‘tsin.