Damli va zarbli cholg‘u ijrochilarining
“SAN’AT G‘UNCHALARI”
XXVI RESPUBLIKA TANLOVI
Respublikamizda faoliyat yurgazib kelayotgan bolalar musiqa va san'at maktablari hamda ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseylari o'rtasida yosh ijrochilarning Respublika tanlovi 2025 yil 23-mart kuni Toshkent shahrida boshlanadi.
Mazkur tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92-son “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2022-yil 16-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa akademik litseyini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-129-son qaroriga muvofiq, “Sanʼat gʻunchalari” nomli XXVI Respublika ko‘rik tanlovini oʻtkazish shuningdek, iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi va “Sogʻlom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi hamkorligida “Damli va zarbli cholg’u ijrochilari” ning “San’at g’unchalari” XXVI Respublika tanlovi 23–25-mart kunlari O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa alademik litseyida bo’lib o’tadi.
Tadbir tashkilotchisi – O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa akademik litseyi. Mazkur litsey Markaziy Osiyoda o‘xshashi yo‘q va Respublikamizdagi yagona ta’lim muassasasi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasida kadrlarni tayyorlashning uzluksiz tizimini takomillashtirish, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibidagi harbiy orkestr jamoalari, shuningdek, boshqa orkestr va badiiy jamoalar uchun damli va zarbli cholg‘ular ijrochiligi yo‘nalishida kadrlarni maqsadli tayyorlashni samarali tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa akademik litseyi tashkil etildi.
- Ushbu an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelayotgan ko‘rik-tanlov Respublikamizdagi Madaniyat vazirligi tasarrufidagi Bolalar musiqa va san’at maktablari, Respublika ixtisoslashtirilgan madaniyat va san’at maktablari hamda maktab internatlari shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa akademik litseyi 5-9-sinf o‘quvchilari ishtirokidagi eng nufuzli tanlovlardan hisoblanadi.
Mamlakatimizning barcha hududlaridan kelgan yosh ijrochilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va musiqa san’atini targ‘ib qilish bo‘lib, yildan-yilga san’at va madaniyat ixlosmandlarida doimiy ravishda katta qiziqish uyg‘otib, o‘z mahoratlarini namoyish etib kelmoqdalar. Natijada yosh ijrochilarning aksariyati o‘z ijrochilik san’ati bilan O‘zbekiston madaniyati va san’ati poydevorining kelajakdagi rivojiga ta’sir etuvchi muhim hissalarini qo‘shdilar va umummilliy, jahon miqyosida o‘ziga xos shuhratga erishdilar.
Bunday tanlovlarni o‘tkazish va unda qatnashish ko‘pgina yosh ijrochilar uchun yangi va yangi imkoniyatlarni ochadi, ularga katta hayot yo‘lini ko‘rsatib beradi. Bularning barchasi yosh ishtirokchilarning shiddatli to‘lqini uchun muhim turtki va motivatsiya imkoniyatlarini yaratib beradi. Shuning uchun nafaqat g‘alaba, balki musobaqadagi faol ishtirokning o‘zi ham muhim ekanligini alohida ta’kidlash lozim.
Mazkur tanlov 1998-yildan beri o‘tkazib kelinmoqda. 2025-yilgi Respublika tanlovda Vatanimizning barcha viloyatlariga mansub jami 300 ortiq o‘quvchilar, o‘qituvchilar va jo‘rnavozlardan qatnashmoqdalar.
An’anaviy san’at va madaniyat bayramiga aylangan ushbu tanlovni ishtirokchilar intiqlik bilan kutishdi. Tanlov 4 yo‘nalishda rejalashtirilgan;
– yogo‘ch-damli cholg‘ular, mis-damli cholg‘ular, estrada cholg‘ulari va zarbli cholg‘ular klassika yo‘nalishlarda, kichik guruh (11-13 yosh) va katta guruh (14-15 yosh) - fleyta, goboy, klarnet, saksofon alt(estrada), saksofon tenor(estrada), fagot, truba, valtorna, trombon, tuba, zarbli cholg‘ular (klassika), zarbli cholg‘ulari (estrada) nominatsiyalari bo‘yicha o‘tqaziladi.
Yosh ishtirokchilarning ijodiy mahorati har bir yo‘nalishlar bo‘yicha hakamlar hay’ati tomonidan baholanadi.
XXVI Respublika “San’at g‘unchalari” tanlovini o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasida hamkasb o‘qituvchilarga uslubiy yordam ko‘rsatish uchun mahorat darslari tashkil etiladi.
Tantanali yopilish va taqdirlash marosimi 25-mart kuni soat 15:00 da Milliy gvardiya Ma’naviyat va ma’rifat saroyida bo‘lib o‘tadi. Bayramona kontsertning yorqin dasturida nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblarning yopilish marosimidagi musiqiy chiqishlari rejalashtirilgan. G‘oliblar diplom va sovg‘alar bilan taqdirlanadi. Jami 69 ta mukofotlar tayyorlangan bo‘lib ularning 23 tasi mos ravishda birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rinlar uchun mansub. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘mondonining maxsus sovrini xamda O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi raisi tomonidan tanlovning eng iqtidorli qatnashchilariga maxsus sovg‘alar topshiriladi.
Shubhasiz, ushbu tanlov milliy madaniyat va san’atni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish uchun muhim loyihadir. Respublika tanlovi yangi nomlarni ochib beradi va mamlakatning barcha hududlaridagi iqtidorli bolalar ruhiyatida o‘zlarini jiddiy musiqachi va san’atkor sifatida taqdim qilish imkoniyatini beradi. Tanlovning barcha ishtirokchilariga ijodiy yo‘llarida omad, yorqin g‘alabalar va yutuqlar tilaymiz!