“Yangi obod” MAHALLASIDA TIBBIY KO‘RIK

“Yangi obod” MAHALLASIDA TIBBIY KO‘RIK

Mamlakatimizda aholining sog‘lom bo‘lishiga, nafaqat shaharlarda, balki chekka hududlardagi aholining sifatli tibbiy xizmat olishini ta’minlashga katta e’tibor qaratilmoqda. “Sog‘lom avlod uchun” xayriya fondi Andijon viloyati hududiy filial shifokorlari tomonidan “Yangi obod” mahallasi aholisi uchun “Ozod” oilaviy shifokorlik punktida tibbiy ko‘rik tashkil qilindi. Aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib, ularga sog‘lom turmush tarzi va uni to‘g‘ri shakllantirish mavzularida tibbiy maslahatlar hamda bepul dori-darmonlar berildi.