O‘zbekistonda oziq-ovqat tizimlari va iqlim bo‘yicha Milliy muloqot o‘tkaziladi

2026-yil 31-mart – 1-aprel kunlari Toshkent shahrida “O‘zbekistonning oziq-ovqat tizimlari va iqlim bo‘yicha harakatlarni uyg‘unlashtirish tashabbusi” doirasida Milliy muloqot (National Dialogue) o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Mazkur tadbirda oziq-ovqat tizimlarini rivojlantirish, iqlim maqsadlarini uyg‘unlashtirish hamda milliy yo‘l xaritasini ishlab chiqish masalalari muhokama qilinadi.Тashkilotlardan tadbirda ishtirok etish uchun malakali mutaxassislar nomzodlarini taqdim etish so‘raladi.