Barcha manfaatdor tashkilotlar va kompaniyalargа.

MNF “Sog‘lom avlod uchun” tomonidan “Farg‘ona, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida institutsional va jamoa darajasida hayotiy muhim tibbiy xizmatlar ko‘rsatish tizimini mustahkamlash” loyihasini amalga oshirish doirasida inventar xarid qilish rejalashtirilmoqda.

Shu munosabat bilan, quyidagi tovarlar uchun maksimal imkoniyatli chegirma bilan firma blankida tijorat taklifingizni taqdim etishingizni so‘raymiz.