SOG‘LOM AVLOD UCHUN”
Hukumatga qarashli bo‘lmagan
xalqaro xayriya fondi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
1993-yil 23-apreldagi
596-sonli Farmoni bilan tashkil etilgan
33 yil – ezgu yo‘lda!
Sog‘lom avlod uchun xalqaro xayriya fondining
33 yilligi munosabati bilan samimiy tabriklaymiz!
“Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini mustahkam qaror toptirish, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, har bir fuqaroning sog‘ligini asrab-avaylash, ularni malakali tibbiy xizmat bilan to‘liq qamrab olish masalalari bundan buyon ham ustuvor vazifamiz bo‘lib qoladi.”
Shavkat Mirziyoyev
Davlat rahbari ta’kidlaganidek, Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi doirasida:
• har bir fuqaroning hayotini yanada yaxshilash uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda;
• insonlarning muammolari ochiq muhokama qilinib, ularning yechimi uchun barcha sharoitlar mavjud;
• jamiyatda adolat va tenglik tamoyillari mustahkamlanmoqda;
• tadbirkorlik rivoji uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda.
Fond tashkil topganidan buyon aholining, ayniqsa onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish yo‘lida katta va samarali ishlarni amalga oshirib kelmoqda.
Kelgusida ham ezgu faoliyatingiz bardavom bo‘lib, yurtimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligiga munosib hissa qo‘shishda davom etishingizni tilaymiz.


