2026-yil 24–25-aprel kunlari “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro nodavlat xayriya fondi tomonidan Sirdaryo viloyatida “Institutsional va jamoa darajasida hayotiy muhim tibbiy xizmatlar ko‘rsatish tizimini mustahkamlash” loyihasi doirasida trening o‘tkazil

2026-yil 24–25-aprel kunlari “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro nodavlat xayriya fondi tomonidan Sirdaryo viloyatida “Institutsional va jamoa darajasida hayotiy muhim tibbiy xizmatlar ko‘rsatish tizimini mustahkamlash” loyihasi doirasida trening o‘tkazildi.

Treningning asosiy maqsadi — silga qarshi kurashish sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar va hamkor tashkilotlar salohiyatini oshirish, jamoa darajasida erta aniqlash, profilaktika va davolash ishlarini samarali tashkil etish, shuningdek tibbiy va ijtimoiy xizmatlar o‘rtasida integratsiyani kuchaytirishdan iborat bo‘ldi.

Tadbir davomida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tavsiyalari, milliy dasturlar hamda multidisiplinar yondashuv asosida silga qarshi kurashishning zamonaviy usullari muhokama qilindi. Ishtirokchilarga jamoa bilan ishlash, zaif guruhlar bilan muloqot va bemorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalar taqdim etildi.

Ushbu trening aholi orasida sil kasalligini kamaytirish, tibbiy xizmat sifatini oshirish va jamoat salomatligini mustahkamlashga qaratilgan muhim qadam sifatida baholandi.

Shuningdek, mazkur loyiha Jizzax, Farg‘ona va Sirdaryo viloyatlarining 15 ta tuman va shahrini qamrab olib, hududlarda silga qarshi kurashish bo‘yicha tizimli va kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishga xizmat qiladi.