2026-yil 23-aprel kuni “Sog‘lom avlod uchun” fondi tamonidan Yuqori Chirchiq tumani “Arirang” pansionatida istiqomat qiluvchi yolg‘iz keksalar hamda “Ahmad Yassaviy” mahallasida yashovchi aholi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 22-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida tibbiy-ijtimoiy patronaj tizimini tashkil etish to‘g‘risida”gi 71-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida,

Yuqori Chirchiq tumani “Arirang” pansionati tomonidan 2026-yil 1-aprel kuni yuborilgan 368-sonli murojaat xatiga asosan, 2026-yil 23-aprel kuni “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondining Tibbiy-ijtimoiy markazi Toshkent viloyati bo‘limi hamda Yuqori Chirchiq tumani sog‘liqni saqlash tibbiyot birlashmasi mutaxassislari hamkorligida keng qamrovli chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Tadbir doirasida Yuqori Chirchiq tumani “Arirang” pansionatida istiqomat qiluvchi yolg‘iz keksalar, muassasa xodimlari hamda “Ahmad Yassaviy” mahallasida yashovchi aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra, jami 91 nafar fuqaro ko‘rikdan o‘tdi. Shulardan 72 nafari ayollar, 7 nafari fertil yoshdagi ayollar hamda 19 nafari erkaklarni tashkil etdi.