Harbiylar va ularning oila a’zolari e’tibor markazida
Harbiylar va ularning oila a’zolari e’tibor markazida
Mudofaa vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi hamkorligida Toshkent viloyati Olmaliq shahrida joylashgan harbiy qismda keng ko‘lamli tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Mazkur tadbir harbiy xizmatchilar hamda ularning oila a’zolari salomatligini mustahkamlash, kasalliklarni erta aniqlash va profilaktika choralarini kuchaytirish maqsadida o‘tkazildi.
Tibbiy ko‘rik jarayonida malakali mutaxassislar tomonidan turli yo‘nalishlarda maslahatlar berilib, zarur tavsiyalar taqdim etildi. Shuningdek, aholining sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan tushuntirish ishlari ham olib bor


