Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondiga AmeriCares (AQSh) xalqaro tashkiloti vakili Dmitriy Popov tashrifi doirasida bir qator amaliy ishlar amalga oshirildi.
Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondiga AmeriCares (AQSh) xalqaro tashkiloti vakili Dmitriy Popov tashrifi doirasida bir qator amaliy ishlar amalga oshirildi.
Tashrif davomida mehmon fond faoliyati bilan yaqindan tanishib, dori vositalari ta’minoti hamda ta’minot zanjiri samaradorligini oshirishga qaratilgan jarayonlarni o‘rgandi. Shuningdek, tegishli muassasalarga tashrif buyurilib, dori vositalarining ombordan bemorgacha yetib borish bosqichlari joyida ko‘zdan kechirildi.
Tashrif yakunida mavjud tizimni yanada takomillashtirish hamda kelgusida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.


