Yaxshilik ulashish uchun navbatagi manzil

Olmaliq shahriga “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi jamoasi tashrif buyurdi. Qurbon hayiti munosabati bilan kam ta’minlangan hamda boquvchisini yo‘qotgan oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

Tadbir davomida oilalar holidan xabar olinib, ularga bayramona kayfiyat va mehr ulashildi. Ezgulik, saxovat va insonparvarlik qadriyatlarini targ‘ib etishga qaratilgan ushbu xayriya tadbiri ko‘plab insonlar qalbiga quvonch bag‘ishladi