2026-yil 23-may kuni 1-iyun — “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan ART media tomonidan Yoshlar ijod saroyida namoyish etiladigan “O‘yinchoqlar sarguzashti”

026-yil 23-may kuni 1-iyun — “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan ART media tomonidan Yoshlar ijod saroyida namoyish etiladigan “O‘yinchoqlar sarguzashti” nomli shou dasturiga 70 ta bepul chipta ajratildi.

Mazkur chiptalar Toshkent shahrining Yashnobod va Uchtepa tumanlarida istiqomat qiluvchi ko‘p farzandli, kam ta’minlangan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga tarqatildi.

Shuningdek, 30 ta chipta Toshkent shahar OIV infeksiyasi va OITSga qarshi kurash markazida davolanayotgan bolajonlarga ham topshirildi. Ushbu ezgu tashabbus bolalarga quvonch ulashish va ularga bayramona kayfiyat bag‘ishlashga xizmat qildi.