1-iyun — “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi hamda Sezam restorani hamkorligida Billur mahallasida istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan va boquvchisini yo‘qotgan oilalar farzandlari uchun bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida bolajonlar uchun bayramona dasturxon yozilib, qiziqarli shou va ko‘ngilochar dasturlar namoyish etildi. Shuningdek, homiylar tomonidan bolalarga muzqaymoqlar ulashilib, ularning bayramona kayfiyatiga yanada zavq bag‘ishlandi.
Bolalarga quvonch ulashish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va bayram kayfiyatini yaratish tadbirning asosiy maqsadi bo‘ldi.
Tadbir yakunida bolajonlarga esdalik sovg‘alari topshirilib, ularning yuzlaridagi samimiy tabassum va quvonch barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.


