YANGI O‘ZBEKISTONNING BAXTIYOR BOLALARI

YANGI O‘ZBEKISTONNING BAXTIYOR BOLALARI
1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Olmaliq shahridagi "Bolajon" istirohat bog‘ida bayram tadbiri tashkil etildi.
Olmaliq shahar hokimligi, "Olmaliq KMK" AJga qarashli "Metallurg" madaniyat saroyi hamda "Sog‘lom avlod uchun" xalqaro xayriya fondi hamkorligida o‘tkazilgan ushbu tantana bolajonlarga haqiqiy quvonch va unutilmas lahzalarni tuhfa etdi.
Bayram dasturi doirasida e’tibor va g‘amxo‘rlikka muhtoj bo‘lgan, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolajonlar alohida yo‘qlandi. Ularga "Qizil yarim oy" hamda "Sog‘lom avlod uchun" xalqaro xayriya fondining maxsus bayram sovg‘alari topshirildi.
Shuningdek, "Bolajon" bog‘i ma’muriyati tomonidan ushbu bolajonlar uchun barcha attraksionlardan bepul foydalanish imkoniyati yaratilgani ularning quvonchiga yanada quvonch qo‘shdi.