"Germaniyada davolangan bemorlar doimiy e'tiborda."

Germaniyada davolangan bemorlar doimiy e’tiborda

Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi va Friedensdorf International tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlik doirasida yillar davomida yuzlab bemor bolalar Germaniyaning nufuzli klinikalarida davolanib, sog‘lomlashtirildi.

Muhimi, ushbu bemorlar voyaga yetganidan keyin ham qo‘llab-quvvatlash ishlari davom etmoqda. Ayrim fuqarolarga zarur dori-darmon vositalari va reabilitatsiya jihozlari muntazam yetkazib berilmoqda.

Jumladan, 2026-yil 11-iyun kuni Germaniya klinikalarida davolangan ikki nafar fuqaroga zarur tibbiy vositalar topshirildi. Ulardan biriga nogironlik aravachasi va dori-darmonlar, ikkinchisiga esa zarur dori vositalari yetkazildi.

Bu ezgu ishlar Germaniyada davolangan bemorlar taqdiri hamon e’tibor markazida ekanini, ularni qo‘llab-quvvatlash uzluksiz davom etayotganini yana bir bor tasdiqlaydi.